» » “Manchester Siti” Angliya chempionatida 100 yillik rekordni takrorladi

“Manchester Siti” Angliya chempionatida 100 yillik rekordni takrorladi


“Manchester Siti” futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 2-turida “Vulverhempton” bilan bahs yuritdi va 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bu Xosep Gvardiola jamoasi uchun mavsumdagi ilk o‘yin bo‘ldi. 1-tur doirasidagi “Aston Villa”ga qarshi bahs keyinga qoldirilgandi.

Shu tariqa “shaharliklar” ketma-ket o‘ninchi yilda mavsumni g‘alaba bilan boshladi. Bu Angliya Oliy divizioni rekordining takrorlanishi bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Gracenote Live.

“Aston Villa” 1891/92-yilgi mavsumdan 1900/01-yilgi mavsumga qadar liganing ilk o‘yinlarini g‘alaba bilan yakunlagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют