» » Turkiya armiyasida “xizmat qilgan” Land Rover Defender Jeyms Bond uslubida modifikatsiya qilindi (foto)

Turkiya armiyasida “xizmat qilgan” Land Rover Defender Jeyms Bond uslubida modifikatsiya qilindi (foto)


Bring a Trailer auksioni orqali 1993-yilda ishlab chiqarilgan va hozirga qadar 114 ming kilometr yo‘l bosgan Land Rover Defender 130 pikapi 60 ming dollar evaziga sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi Motor.

Dastlab mazkur Land Rover Defender 130 Turkiya armiyasida xizmat qilgan. Oradan 10 yil o‘tgach “nafaqaga” chiqqan pikapni xususiy mijozlardan biri sotib olgan va uni 2019-yilga qadar haydagan. Jeyms Bond haqidagi filmlarning muxlisi bo‘lgan mashinaning hozirgi egasi Defender’ni franshizaning so‘nggi qismi — “Spektr” uchun yaratilgan maxsus pikap ko‘rinishida modifikatsiya qilishga qaror qilgan.

Modifikatsiya jarayonida Defender Santorini Black rangiga bo‘yalgan. Pikap kuchaytirilgan bamper, kengaytirilgan g‘ildirak arkalari, shuningdek, yangi radiator panjarasi va tom qismida yorug‘lik diodlarga ega ekspeditsiya yukxonasiga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, avtomobilning yo‘lni yoritish qismi 100 millimetrga kattartirilgan va 16 dyuymli g‘ildirak diskalariga 37 dyuymli rezini “kiygizilgan”.

Pikap saloni qizil-qora charm o‘rindiqlar bilan qoplangan, yangi iqlim-nazorat tizimi va kuchli akkustik qurilma o‘rnatilgan. 2,2 litrli bazaviy dizel motor o‘rnini 3,5 litrli V8 egallagan. U besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida Silverstone Auctions tadbirida Bowler kompaniyasi tomonidan Land Rover Defender 110 bazasida yaratilgan noyob pikap kimoshdiga qo‘yilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют