» » Jizzaxda Lacetti va “GAZ-3102” to‘qnashuvi natijasida haydovchilardan biri vafot etdi

Jizzaxda Lacetti va “GAZ-3102” to‘qnashuvi natijasida haydovchilardan biri vafot etdi


Jizzax viloyati Forish tumanida Lacetti va “GAZ-3102” avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda IIV.

Ma’lum qilinishicha, Forish tumani “Nurak” mahallasi hududidan o‘tuvchi Jizzax–Qizilcha 4/R-36 yo‘lining 48-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Forish tumani “Osmonsoy” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan M.A. akasiga tegishli “GAZ-3102” rusumli avtoulov boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, Lacetti’ga urilgan.

Oqibatda Lacetti haydovchisi, “Osmonsoy” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1989-yilda tug‘ilgan Sh.E. chap oyoq boldir suyagining sinishi tashxisi bilan Forish tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

“GAZ-3102” haydovchisi esa olingan tan jarohatlari natijasida shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan vafot etgan.

Holat bo‘yicha Forish tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют