» » Rossiya mamlakatda nolegal bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga 15-dekabrgacha imtiyoz berdi

Rossiya mamlakatda nolegal bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga 15-dekabrgacha imtiyoz berdi


Rossiyada nolegal bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxatdan o‘tish va ruxsat beruvchi boshqa hujjatlarning amal qilish muddati tugashidan qat’i nazar mamlakatda bo‘lishni qonuniylashtirishi mumkin. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Buning uchun migratsiya normlarini buzgan o‘zbekistonliklar 2020-yilning 15-dekabrigacha yashash manzili bo‘yicha Rossiya IIV organlariga murojaat qilishlari lozim. Ularga nisbatan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish, ilgari berilgan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, yashash uchun ruxsatnoma, ishlash uchun ruxsatnoma va patentni bekor qilish, shuningdek, Rossiyaga kirishni taqiqlash kabi choralar qo‘llanilmaydi. Shundan so‘ng fuqarolar yana yashash manzili bo‘yicha migratsiya ro‘yxatidan o‘tishlari va mehnat patentlarini olishlari mumkin.

Mavzuga doir: Rossiya bir milliondan ortiq o‘zbekistonlik muhojirni amnistiya qilishi mumkin

“Shu munosabat bilan Rossiya hududida nolegal holatda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini berilgan huquqlardan foydalanib, mamlakatda bo‘lishini qonuniylashtirishga chaqiramiz”, — deya Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ham o‘zbekistonliklarni yuqoridagilarga amal oshirishga chaqirgan.

Ushbu qaror O‘zbekiston bosh vaziri maslahatchisi Mehriddin Xayriddinovning Rossiya ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari, politsiya general-polkovnigi A.Gorov bilan uchrashuvida ma’lum qilingan. Uchrashuvda Rossiya prezidentining amal qilish muddati uzaytirilishi rejalashtirilayotgan 2020-yil 18-apreldagi “Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini yangi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni muhokama qilingan.

Migratsiya rejimini yengillashtirish koronavirus tarqalishi tufayli Rossiya chegaralari yopilishi fonida qabul qilingandi. Rossiya 18-martdan boshlab chet elliklarning mamlakatga kirishini taqiqladi, O‘zbekiston esa 16 martdan boshlab mamlakatga kirish va chiqishni yopgandi.

Bu ko‘plab migrantlarning legallik maqomini xavf ostiga qo‘ydi. Hujjatlarni yangilash uchun odatdagi vaziyatda ular Rossiyani tark etishlari kerak edi, ammo chegaralar yopilgandan keyin buning imkoni bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarga munosib shart-sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida 16—29-sentabr kunlari Rossiyada bo‘ladi.

Avvalroq Rossiyadagi chet el fuqarolarining huquqiy maqomi to‘g‘risida butunlay yangi federal qonun loyihasi ishlab chiqilayotgani, unda ko‘plab o‘zgarishlar kiritilgani xabar berilgan edi. Xususan, Rossiyada 30 sutkadan ortiq vaqt davomida bo‘ladigan migrantlarga barmoq izlarini topshirish, suratga tushish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va ID-kartalar olish majburiyatini yuklash rejalashtirilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют