» » Rossiyadan yana 746 nafar ozbekistonlik poyezdda olib kelindi

Rossiyadan yana 746 nafar ozbekistonlik poyezdda olib kelindi


Maxsus poyezd reyslari orqali Rossiyadan 746 nafar ozbekistonlik olib kelindi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Respublika maxsus komissiyasi Ozbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan olib kelish uchun ToshkentRostov-DonToshkent temir yol reysini tashkil etish togrisida qaror qabul qilgan edi.

Rossiya va Qozogiston tomoni bilan kelishuvga binoan, 19-sentabr kuni Ozbekiston temir yollari AJ poyezdi 746 nafar ozbekistonlik bilan Lixaya stansiyasidan Ozbekistonga jonagan edi.

Mazkur poyezd 22-sentabr kuni Toshkent janubiy vokzaliga yetib kelgan. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazilgan.

Eslatib otamiz, 16-sentabr kuni Samaradan 938 nafar ozbekistonlik poyezdda olib kelindi. 15-sentabr kuni esaSamara va Yekaterinburgdan 2 mingga yaqin,3-sentabr kuni922 nafarozbekistonlik poyezdda Ozbekistongaolib kelingandi.

Bunga qadar Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan927 nafar, Samara viloyatidan918 nafarozbekistonlik poyezd orqali mamlakatga olib kelingan. 9-avgustda Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar ozbekistonlik Namangandagi karantin zonasigajoylashtirilgan. Shuningdek, shu kuniboshqa bir poyezd Samaradan Samarqandga ozbekistonliklarniolib kelgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-09-2020, 19:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
:
-
:
20 ... -