» » Rossiyaning Samara viloyatidan 918 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelindi

Rossiyaning Samara viloyatidan 918 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelindi


Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning Samara viloyatidan olib kelish uchun Toshkent—Kinel—Toshkent temiryo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, 2020-yilning 25-avgust kuni “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ poyezdi 918 nafar o‘zbekistonlik bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga yo‘l olgani haqida xabar berilgandi.

Transport vazirligining xabar qilishicha, mazkur poyezd Toshkent shahriga yetib kelgan. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazilgan.

Avval Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan 927 nafar o‘zbekistonlik poyezd orqali Namanganga olib kelingan va ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazilgandi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan avval ham Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Toshkent—Rostov-Don—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha temiryo‘l reysi tashkil qilingan. 10-avgust kuni Gnilovskaya—Toshkent yo‘nalishida harakatlanishni boshlagan poyezd 13-avgust kuni 918 nafar fuqaroni O‘zbekistonga olib kelgan.

9-avgustda Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi karantin zonasiga joylashtirilgan. Shuningdek, shu kuni boshqa bir poyezd Samaradan Samarqandga o‘zbekistonliklarni olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют