» » Rossiyaning Rostov viloyatidan 918 nafar ozbekistonlik poyezdda Toshkentga olib kelindi

Rossiyaning Rostov viloyatidan 918 nafar ozbekistonlik poyezdda Toshkentga olib kelindi


Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridagi ozbekistonliklarni olib kelish uchun ToshkentRostov-DonToshkent yonalishi boyicha temiryol reysi tashkil qilindi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Malum qilinishicha, 10-avgust kuni GnilovskayaToshkent yonalishida harakatlanishni boshlagan poyezd 13-avgust kuni 918 nafar fuqaroni Ozbekistonga olib keldi.

Olib kelingan fuqarolar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qatiy rioya qilgan holda karantin muddatini otash uchun avtobuslarda Toshkent viloyatining maxsus karantin zonalariga yetkazildi.

Avvalroq Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar ozbekistonlik Namangandagi karantin zonasiga joylashtirilgandi. Shuningdek, yana bir poyezd Samaradan Samarqandga ozbekistonliklarni olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (13-08-2020, 19:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 2) ( 3)
:
-
:
20 ... -