» » Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi karantin zonasiga joylashtirildi

Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi karantin zonasiga joylashtirildi


Rossiyadan mingga yaqin o‘zbekistonlik poyezdda Namangan viloyatiga olib kelindi va Pop tumanidagi karantin hududiga joylashtirildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligining axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 9-avgust kuni Pop temiryo‘l vokzalida Samara—Buzuluk—Toshkent—Pop yo‘nalishi bilan Rossiyadan olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik kutib olindi.

Ular Pop tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan dezinfeksiyadan o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, Rossiyadan olib kelingan fuqarolar Popdagi karantin hududiga joylashtirildi va 10 kun davomida tibbiyot xodimlari kuzatuvida bo‘ladi.

8-avgust kuni Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish uchun 2-avgustdan 16-avgust kunlari davomida amalga oshirilishi belgilangan charter reyslarining parvoz yo‘nalishiga qisman o‘zgartirish kiritilgan, Rossiyadan fuqarolarni olib kelish uchun tashkil etilgan charter reyslar yo‘nalishi Namangandan Toshkentga ko‘chirilgandi. Shuningdek, shu kuni Rossiyaning Rostov-Don shahridagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun uchinchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi, mazkur poyezdlarning Orenburgdan kelayotgani 9-avgust kuni Namangan shahriga, Samaradan kelayotgani esa 9-avgust kuni Samarqand shahriga kirib borishi, Rossiyaning Rostov-Don shahridagi fuqarolarni olib keluvchi uchinchi poyezd esa 13-avgust kuni Toshkent shahriga yetib kelishi xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют