» » Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Rostovga navbatdagi poyezd jo‘nab ketdi

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Rostovga navbatdagi poyezd jo‘nab ketdi


Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq Rossiyaning Rostov viloyatidan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish maqsadida temiryo‘l reysi tashkil etilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya va Qozog‘iston tomonlari bilan kelishuvga binoan O‘zbekiston fuqarolarini yo‘lovchi poyezdlarida olib kelish maqsadida Toshkent—Rostov-Don—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi maxsus temiryo‘l reysi tashkil etilmoqda.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha temiryo‘l qatnovini amalga oshiruvchi poyezd 19-avgust kuni Toshkentdan jo‘nab ketdi. Gnilovskaya—Toshkent yo‘nalishida ushbu poyezdda 918 nafar o‘zbekistonlik 26-avgust kuni O‘zbekistonga olib kelinadi.

Mazkur yo‘lovchi poyezdi yo‘l davomida faqat texnik ko‘rik uchun to‘xtatiladi, ya’ni bekat va vokzallarda yo‘lovchilarning platformaga tushishiga ruxsat etilmaydi.

Poyezd O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari kuzatuvi ostida olib kelinadi.

Ushbu reysda olib kelingan yo‘lovchilar Namangan viloyatining karantin zonalariga yuboriladi. Vazirlik aynan shu jihatni inobatga olgan holda yo‘lovchilarning qarindoshlari va yaqinlaridan ularni kutib olish maqsadida vokzalga tashrif buyurmaslikni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 13-avgust kuni Toshkent—Rostov-Don—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan temiryo‘l reysida 918 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelingandi.

Avvalroq Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi karantin zonasiga joylashtirilgandi. Shuningdek, yana bir poyezd Samaradan Samarqandga o‘zbekistonliklarni olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют