» » Rossiyadan yana 927 ozbekistonlik poyezdda Namanganga olib kelindi

Rossiyadan yana 927 ozbekistonlik poyezdda Namanganga olib kelindi


Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan 927 nafar ozbekistonlik poyezd orqali mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Respublika maxsus komissiyasi Ozbekiston fuqarolarini Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan olib kelish uchun ToshkentRostov-DonToshkent temiryol reysini tashkil etish togrisida qaror qabulqilgandi.

Rossiya va Qozogiston tomoni bilan kelishuvga binoan, 23-avgust kuni Ozbekiston temir yollari AJ poyezdi 927 nafar fuqaro bilan Pervomayskaya stansiyasidan Ozbekistonga jonagan. Mazkur poyezd 27-avgust kuni Namangan viloyatiga yetib keldi.

Qayd etilishicha, ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazilgan.

Avval hamRespublika maxsus komissiyasiqarorigaasosan Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridagi ozbekistonliklarni olib kelish uchun ToshkentRostov-DonToshkent yonalishi boyicha temiryol reysi tashkil qilingan.10-avgust kuni GnilovskayaToshkent yonalishidaharakatlanishni boshlaganpoyezd 13-avgust kuni 918 nafar fuqaroni Ozbekistonga olib kelgan.

9-avgustda Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar ozbekistonlik Namangandagi karantin zonasigajoylashtirilgan. Shuningdek, shu kuniboshqa bir poyezd Samaradan Samarqandga ozbekistonliklarniolib kelgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-08-2020, 15:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -