» » Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglari, Samara viloyatidagi o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi

Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglari, Samara viloyatidagi o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi


Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglari, hamda Samara viloyatidan olib kelish uchun Toshkent—Rostov-Don—Toshkent va Toshkent—Kinel—Toshkent temiryo‘l reyslarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati xabar bergan.

Xabarda qayd etilishicha, mazkur masala Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Transport vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va Respublika maxsus komissiyasiga kiritilgan.

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 23-avgustda ichida 927 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan poyezd “Pervomayskaya” bekatidan Toshkentga jo‘nagan.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ poyezdi Samara viloyatining “Kinel” stansiyasiga 24-avgust, dushanba kuni yetib kelishi rejalashtirilganini bildirgan.

Rossiyadan olib kelingan fuqarolar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda ma’lum muddat karantinda bo‘ladi.

Avval ham Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Toshkent—Rostov-Don—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha temiryo‘l reysi tashkil qilingan. 10-avgust kuni Gnilovskaya—Toshkent yo‘nalishida harakatlanishni boshlagan poyezd 13-avgust kuni 918 nafar fuqaroni O‘zbekistonga olib kelgan.

9-avgustda Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi karantin zonasiga joylashtirilgan. Shuningdek, shu kuni boshqa bir poyezd Samaradan Samarqandga o‘zbekistonliklarni olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют