» » Ozbekiston TIV Rossiyadagi vatandoshlardan RossiyaQozogiston chegarasida toplanmaslikni soradi

Ozbekiston TIV Rossiyadagi vatandoshlardan RossiyaQozogiston chegarasida toplanmaslikni soradi


Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 45-avgust kunlari ToshkentBuzulukToshkent va ToshkentKinelToshkent yonalishlarida Rossiyaning Orenburg va Samara viloyatlariga Ozbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun ikkita poyezd yuborildi.

Ozbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatidan malum qilishlaricha, Ozbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilish uchun ozbekistonliklar toplangan joyda bolib turibdi.

6-avgust kuni Orenburg viloyatining Buzuluk stansiyasidan 920 nafar vatandosh bilan birinchi poyezd Ozbekistonga jonab ketdi. Ikkinchi poyezd 7-avgust kuni Samara viloyatining Kinel stansiyasidan 930 nafar ozbekistonlik bilan jonaydi. RossiyaQozogiston chegarasida toplangan jami 1850 nafar Ozbekiston fuqarolari yurtimizga qaytariladi, deyiladi TIV axborotida.

Mavzuga doir:Rossiyada qolib ketgan qariyb 2000 nafar ozbekistonlik poyezdda olib kelinadi

Qayd etishlaricha, 7-avgust holatiga kora Orenburg va Samara viloyatlarida RossiyaQozogiston davlatlararo chegarasi yaqinida Ozbekiston fuqarolarining toplanishi kuzatilmayapti. Vatanimizga qaytib kelganidan song Ozbekiston fuqarolari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qatiy rioya qilgan holda karantinda bolishlari shartligini eslatib otamiz, deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda, TIV koronavirus infeksiyasi tarqalayotgan bir paytda kop sonli fuqarolarimizning bir joyda toplanishi ularning COVID-19 bilan kasallanish ehtimolini keskin oshirishi mumkinligidan ogohlantirgan. Vatandoshlarimizdan RossiyaQozogiston davlatlararo chegarasini kesib otish nuqtalariga bormasliklarini, hozirda bolib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qatiy rioya qilishlarini yana bir bor soraymiz, deb murojaat qilgan TIV.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (7-08-2020, 13:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 18) ( 0) ( 16) ( 2)
:
-
:
20 ... -