» » Samara va Yekaterinburgdan 2 mingga yaqin ozbekistonlik poyezdda olib kelindi

Samara va Yekaterinburgdan 2 mingga yaqin ozbekistonlik poyezdda olib kelindi


Maxsus poyezd reyslari orqali Samara va Yekaterinburgdan ikki mingga yaqin ozbekistonlik olib kelindi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.

Respublika maxsus komissiyasi Ozbekiston fuqarolarini Rossiyaning Samara viloyatidan, shuningdek, Yekaterinburgdan olib kelish uchun ToshkentKinelToshkent hamda ToshkentYekaterinburgToshkent temir yol reysini tashkil etish togrisida qaror qabul qilgan edi.

Rossiya va Qozogiston tomoni bilan kelishuvga binoan, 2020-yilning12-sentabrkuni Ozbekiston temir yollari AJ poyezdi 834 nafar ozbekistonlik bilan Kinel stansiyasidan Ozbekistonga jonagan edi.

Mazkur poyezd15-sentabrkuni erta tongda Samarqand shahriga yetib bordi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda viloyatdagi karantin zonalariga yetkazildi.

Shuningdek, 847 nafar ozbekistonlik bilan12-sentabrkuni Yekaterinburgdan Ozbekistonga jonagan poyezd ham15-sentabrerta tongda Toshkent Shimoliy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.

AvvalroqSamaradan 922 nafar ozbekistonlik poyezdda Samarqandga olib kelingani xabar qilingandi.

Bunga qadar Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan927 nafar, Samara viloyatidan918 nafarozbekistonlik poyezd orqali mamlakatga olib kelingan. 9-avgustda Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar ozbekistonlik Namangandagi karantin zonasigajoylashtirilgan. Shuningdek, shu kuniboshqa bir poyezd Samaradan Samarqandga ozbekistonliklarniolib kelgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-09-2020, 19:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -