» » Rostovdan 837 nafar, Yekaterinburgdan 800 ga yaqin vatandosh poyezdda O‘zbekistonga olib ketildi

Rostovdan 837 nafar, Yekaterinburgdan 800 ga yaqin vatandosh poyezdda O‘zbekistonga olib ketildi


12-sentabr kuni 837 nafar o‘zbekistonlik Rostov viloyatidan, shuningdek, Yekaterinburgdan 800 nafarga yaqin fuqaro poyezd orqali Toshkent tomon yo‘lga chiqdi.

Rostovdagi o‘zbekistonlik muhojirlarning aksariyati poyezd orqali jo‘nab ketdi

Kamensk-Shaxtinsk shahri rahbari vazifasini bajarayotgan Aleksandr Sribniyning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlar uchun qurilgan vaqtinchalik lager u yerdagi barcha fuqarolar o‘z vataniga yuborilganidan keyingina yopiladi.

“12-sentabr kuni 930 kishi jo‘nab ketdi. Palatka shaharchaga 500 kishi joylashtirildi — bular yana qaytib kelganlar va o‘z navbatini kutib o‘tirganlar”, — deydi Sribniy.

Keyinroq Rostov viloyati axborot siyosati boshqarmasi boshlig‘i Sergey Tyurin 12-sentabr kuni 837 kishi jo‘nab ketganini ma’lum qilgan.

“Yosh texniklar” stansiyasidagi muhojirlar uchun qurilgan lager 9-sentabr kuni ochilgan. U yerda zudlik bilan favqulodda holat rejimi joriy etilgan. O‘zbekiston fuqarolari avgust oyidan buyon Rostovdagi Pervomaysk vokzalida poyezd kutayotgandi, biroq viloyat rasmiylari qaroriga ko‘ra, muhojirlarni olib chiqib ketadigan poyezd endi Kamenskdan jo‘naydi. Rostovdan so‘nggi poyezd 7-sentabr kuni jo‘nab ketgan. “Lixaya” stansiyadan navbatdagi poyezd qachon jo‘nashiga oydinlik kiritilmagan.

800 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Yekaterinburgni tark etdi

“E1.ru” nashri “Ural—O‘zbekiston do‘stlik jamiyati” Sverdlovsk viloyati jamoat tashkilotining raisi Abdiqul Turatovga tayanib yozishicha, 800 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan poyezd 12-sentabr soat 19:00 da Yekaterinburgdan jo‘nab ketgan.

“Ushbu poyezd — yangi charter reys. Pandemiya vaqtida bu kabi poyezdlar qatnamadi, biroq hozir yana boshladi. Ushbu reyslar Rossiya va O‘zbekiston hukumatlararo kelishuvga asosan tashkillashtirilmoqda. Yo‘lovchilar ro‘yxati O‘zbekiston bosh konsulligi tomonidan shakllantirilyapti”, — deydi Turatov.

Rossiyadan hozirga qadar O‘zbekistonga olib kelingan fuqarolar

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 28-avgustdan boshlab Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samaraga har hafta poyezd jo‘natilishi haqida xabar berilgandi. Hozirga qadar Rostov-Dondan 11-avgustda 900 dan ortiq, 13-avgustda 918 nafar, 23-avgust 927 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan. 8-sentabr kuni O‘zbekistonning yana 940 ga yaqin fuqarosi Rostov-Dondan poyezdda Toshkentga keltirilishi, yaqin orada yana 3 mingga yaqin o‘zbekistonlikni vatanga jo‘natish rejalashtirilgani to‘g‘risida ma’lum bo‘lgandi.

Bunga qadar Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan 927 nafar, Samara viloyatidan 918 nafar o‘zbekistonlik poyezd orqali mamlakatga olib kelingan. 9-avgustda Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi karantin zonasiga joylashtirilgan. Shuningdek, shu kuni boshqa bir poyezd Samaradan Samarqandga o‘zbekistonliklarni olib kelgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют