» » Samarada 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik muhojir maxsus lagerda yashayotgani ma’lum qilindi

Samarada 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik muhojir maxsus lagerda yashayotgani ma’lum qilindi


Rossiyaning Samara viloyatida uyga qaytmoqchi bo‘lgan uch mingdan ziyod o‘zbekistonlik muhojir hozirda maxsus vaqtinchalik lagerda bo‘lib turibdi, deb xabar beradi “Exo Moskvi” radiosi.

O‘zbeklar milliy-madaniy jamiyati kotibi Yodgor Usmonovning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik muhojirlar Kinel shahri yaqinida joylashgan maxsus lagerga kelishda davom etmoqda.

6-sentabr kuni Rossiyadan 900 nafar muhojirni olib chiqib ketgan navbatdagi poyezd yo‘lga chiqqan. Poyezdga chiqish qat’iy ravishda O‘zbekiston bosh konsulligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Ammo Yodgor Usmonovning aytishicha, so‘nggi kunlarda lagerda poyezd chiptalarini juda baland narxda — 30 ming rublga (400 dollar atrofida) sotayotgan olibsotarlar ham paydo bo‘lgan.

Migrantlar Kinelga 10-avgustdan kelishni boshlagan. Vatanga ketmoqchi bo‘lib, ular temiryo‘l stansiyasida poyezd kutishgan. Rasmiylar suv va elektr energiyasi bo‘lgan maxsus vaqtinchalik lager tashkil qilguncha ular perronning o‘zida matraslar va qo‘lbola chodirlarda yashashdi. Umuman olganda, so‘nggi haftalarda Kinel stansiyasidan 4 mingga yaqin muhojir bo‘lgan to‘rtta poyezd O‘zbekistonga jo‘nab ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 3-sentabr kuni Samaradan 922 nafar o‘zbekistonlik poyezdda Samarqandga olib kelingan edi.

Avvalroq Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 28-avgustdan boshlab Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samaraga har hafta poyezd jo‘natilishi haqida xabar berilgandi.

Bunga qadar Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan 927 nafar, Samara viloyatidan 918 nafar o‘zbekistonlik poyezd orqali mamlakatga olib kelingan. 9-avgustda Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi karantin zonasiga joylashtirilgan. Shuningdek, shu kuni boshqa bir poyezd Samaradan Samarqandga o‘zbekistonliklarni olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют