» » Singapurlik olimlar “aqlli” sport kostyumini yaratdi

Singapurlik olimlar “aqlli” sport kostyumini yaratdi


Sportchilar o‘z tana imkoniyatlarini to‘liq ochish uchun muntazam shug‘ullanishi kerak. Biroq buning uchun, avvalo, sportchi o‘zining zaxira kuchini baholay bilishi lozim. Singapur Milliy universitetining (NUS) bir guruh tadqiqotchilari smartfonlar bilan birga ishlab, sportchining jismoniy holatiga oid ma’lumotlarni taqdim etishga qodir kostyumni yaratdi, deb xabar beradi TechXplore.

Sportchilarning sog‘lig‘iga oid ko‘rsatkichlarni monitoring qilish uchun turli gadjetlardan foydalaniladi. Kichik fitness-trekerlardan boshlab, klinik monitoringdagi murakkab qurilmalarga qadar. Fitnes-trekerlar qulay va yengil, biroq ular faqat bitta nuqtadan ma’lumotlarni yig‘a oladi — bu kerakli natijani aniqlash uchun yetarli emas. Tibbiy tekshiruv uchun mo‘ljallangan qurilmalar bir nechta datchiklardan iborat bo‘ladi, biroq undan faqat biror bir xonada, qator simlarga ulangan holda foydalanish mumkin.

Singapur Milliy universiteti sog‘liqni saqlash sohasidagi Innovatsiya va texnologiyalar instituti dotsenti Jon Xo boshchiligidagi jamoa smartfonlardagi elektromagnit signallarni tanadagi datchiklarga uzata oladigan o‘rgimchak to‘riga o‘xshash strukturani yaratdi. Gadjet quvvatlanishni ta’minlaydi va butun kostyum bo‘ylab ma’lumotlarni uzatadi.

Mazkur kostyumni yaratishga ikki yilga yaqin vaqt sarflangan. Uning asosini NFC texnologiyasi tashkil etadi.

“Bizning aqlli kostyumimiz energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladigan, shuningdek, datchiklardagi ma’lumotlar ko‘rishda displey vazifasini o‘taydigan ko‘plab zamonaviy smartfonlar bilan birga ishlay oladi. Smartfondan simsiz texnologiya yordamida quvvatlana oladigan aqlli kostyumning yaratilishi ulkan yutuq hisoblanadi”, — deydi Xo.

Kostyumga konsentrator kabi ishlaydigan induktiv naqshlar o‘rgimchak to‘ri sxemasi tikilgan. Ushbu nuqtalardagi datchiklar ma’lumotlarni smartfonlarga uzatishi va NFC chipidan energiya qabul qilishi mumkin. Bu esa og‘irlikning kamayishiga va ma’lumotlarni tananing bir nechta nuqtasidan yig‘ish imkoniyatini beradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют