» » Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish bo‘yicha charter reyslar va poyezd qatnovlari haqida ma’lumot berdi

Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish bo‘yicha charter reyslar va poyezd qatnovlari haqida ma’lumot berdi


Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan olib kelish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda, temir yo‘l va charter reyslari amalga oshirilmoqda. Tashqi ishlar vazirligining tezkor shtabi mazkur reyslar haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra 21-sentabr kuni 2641 nafar fuqaroni O‘zbekistonga olib kelish uchun Moskva shahridan 6 ta, Sankt-Peterburg shahridan 3 ta, Rostov-Don shahridan 1 ta va Turkiyadan 2 ta charter reyslari amalga oshirilgan. Shuningdek, 253 nafar o‘zbekistonliklar Uzbekistan Airways AJning “Toshkent–Minsk–Toshkent” va “Toshkent–Bishkek–Toshkent” yo‘nalishlaridagi hamda Asiana Airlines’ning “Seul–Toshkent–Seul” yo‘nalishidagi muntazam reyslari orqali O‘zbekistonga qaytgan.

Mavzuga doir: Aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga kirib kelgan fuqarolar karantinni o‘z uyida o‘taydi

Bundan tashqari, 21-sentabrda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning poyezdlarida 2538 nafar o‘zbekistonlik Novosibirsk, Rostov-Don va Samara shaharlaridan yetib kelgan.

“Shuni qayd etamizki, koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning ommaviy to‘planishi virusni yuqtirish xavfini oshiradi. Ayniqsa, sog‘lig‘i xavf ostidagi toifalar (qariyalar, homilador ayollar, bemorlar, surunkali kasallikka chalinganlar) uchun bu holat yanada xatarlidir.

Rossiya hududida bo‘lgan vatandoshlarimizdan poyezd stansiyalarida to‘planmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilishlarini yana bir bor so‘raymiz”, – deyiladi TIV axborotida.

Avval 14-sentabrda Rostovdan 837 nafar, Yekaterinburgdan 800 ga yaqin vatandosh poyezdda O‘zbekistonga olib kelingani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют