» » Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi dizel yonilg‘isi narxlarini pasaytirdi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi dizel yonilg‘isi narxlarini pasaytirdi


Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 22-sentabrdan belgilangan muddatga ishlab chiqarilayotgan dizel yoqilg‘isi uchun narxlarni pasaytirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda zavod matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bergan.

Qarorga ko‘ra, zavodning o‘zidan bir tonna mahsulot uchun aksiz bilan 5,6 million so‘mgacha (yakuniy iste’molchiga xuddi shu miqdor aksizsiz 5,2 million so‘m), respublika hududida joylashgan “O‘zbekneftgaz” AJ neft bazalaridan aksiz bilan bir tonna mahsulot uchun 5,5 million so‘mgacha (yakuniy iste’molchiga huddi shu miqdor, aksizsiz 5,1 million so‘m) etib belgilandi.

Avval O‘zbekiston tovar xomashyo birjasida ilk bor Turkmanistonning ECO-93 benzini sotuvga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

Aprel oyi boshida O‘zbekistonda “Yevro-4” va “Yevro-5” dizel yonilg‘ilari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, dizel narxi bir necha bor tushirilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 8 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют