» » Samarqand shahar bosh imom-xatibi 73 yoshda vafot etdi

Samarqand shahar bosh imom-xatibi 73 yoshda vafot etdi


Samarqand shahar bosh imom-xatibi Nuriddinxon Islomov 73 yoshda vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Nuriddinxon Islomov 1970-yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi vazifasida ish faoliyatini boshlagan. 1980-yildan 2008-yilga qadar Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritgan. 2008-yildan 2017-yilgacha Samarqand viloyati bosh imom-xatibi vazifasida ishlagan. Shundan so‘ng ayni paytgacha Samarqand shahar bosh imom-xatibi hamda “Shohi Zinda” jome masjidi imom-xatibi lavozimida ishlab kelgan.

Samarqand shahar hokimligi tomonidan berilgan xabarda imomning vafoti sababi ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani bosh imom-xatibi Tohir domla Ismatillayev vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют