» » AQShda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 200 ming kishidan oshdi

AQShda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 200 ming kishidan oshdi


AQShda koronavirus oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 200 ming kishidan oshdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda COVID-19 kasalligi bilan bog‘liq asoratlardan vafot etgan bemorlar soni 200 252 nafarga yetgan. Mamlakatda qayd etilgan bemorlarning umumiy soni 6 872 925 kishini tashkil qilmoqda. Kasallanganlarning 2 615 974 nafari tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq JSST dunyoda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etilganini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 31 milliondan oshdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют