» » Nobel mukofotini topshirish marosimi koronavirus sababli bekor qilindi

Nobel mukofotini topshirish marosimi koronavirus sababli bekor qilindi


Nobel qo‘mitasi dunyoda koronavirus tarqalgani munosabati bilan Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tadigan an’anaviy Nobel mukofotini topshirish marosimini bekor qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Bu yil Stokgolm filarmoniyasidagi an’anaviy Nobel mukofotini topshirish marosimi va an’anaviy banket bekor qilinadi. Buning o’rniga jonli efir va laureatlar bilan onlayn bog‘lanish bo‘lib o‘tadi hamda ularga diplom va medallar topshiriladi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Nobel mukofotini topshirish bo‘yicha an’anaviy marosim har yili Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida 10-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Laureatlar mukofotlarni Shvetsiya qirolidan qabul qilib oladi..

Avvalroq norvegiyalik deputat, keyinroq Shvetsiya parlamenti a’zosi Donald Trampga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti berishni taklif qilgandi. Shuningdek, rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy ham Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 06:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют