» » Shvetsiya parlamenti a’zosi Norvegiya ortidan Trampga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti berishni taklif qildi

Shvetsiya parlamenti a’zosi Norvegiya ortidan Trampga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti berishni taklif qildi


Shvetsiya parlamenti a’zosi Magnus Yakobsson AQSh prezidenti Donald Trampga, shuningdek, Serbiya va Kosova hukumatlariga tinchlikka erishish va iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lidagi birgalikdagi harakatlari uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini berish taklifi bilan chiqdi, deb xabar beradi “Interfaks”.

“Men tinchlik va iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi harakatlari uchun Nobel mukofotini Amerika rahbariyati, Serbiya va Kosova hukumatiga berishni taklif etdim”, — deb yozadi Yakobsson o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

O‘tgan hafta Vashington vositachiligida Belgrad va Prishtina iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olgan edi.

Avvalroq Norvegiyaning “Taraqqiyot partiyasi” deputati Kristian Tibring-Gedde Trampni dunyodagi siyosiy mojarolarning tinchlik yo‘li bilan hal etishdagi harakatlari sabab Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatgandi. Mazkur qarorning chiqarilishiga 15-sentabrda Vashingtonda imzolanadigan Birlashgan Arab amirliklari hamda Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni me’yorlashitirishga qaratilgan kelishuv asos bo‘lgan. BAA Isroilga nisbatan 48 yil davom etgan iqtisodiy boykotni bekor qildi. BAA Isroil bilan tinchlik kelishuviga erishgan kam sonli arab mamlakatlaridan biri hisoblanadi.

Mavzuga doir: Tramp Putin va Kim Chen In bilan yaxshi munosabatda bo‘lgani uchun tanqidlarga uchrayotganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют