» » Oq uy: Tramp Nobel mukofoti uchun nomzod bo‘lganidan faxrlanadi

Oq uy: Tramp Nobel mukofoti uchun nomzod bo‘lganidan faxrlanadi


AQSh prezidenti Donald Tramp tinchlik uchun Nobel mukofotini olishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatoriga kirganidan faxrlanishini bildirgan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Keyli Makinani ma’lum qildi.

Makinanining aytishicha, prezident mazkur nominatsiyadagi mukofot uchun munosib nomzod.

“AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil hamda BAA o‘rtasidagi munosabatlarning me’yorlashuviga olib kelgan Avraam kelishuvlarini tuzgani va yetakchilik qobiliyatini namoyish etgani uchun 2021-yil uchun Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatildi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning iliqlashuvi yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishiga olib kelishi mumkin”, – degan o‘z bayonotida Makinani.

Shuningdek, u Trampning BAA hamda Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni xalqaro maydonda qo‘llab-quvvatlagani uchun ham Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilganini qayd etgan.

“Tinchlik kelishuvi Tramp siyosati va diplomatiyasining to‘g‘ri ekaniga yana bir isbot, prezident Nobel mukofotini topshirish kengashi uning nomzodini ham ko‘rib chiqayotganidan faxrlanishini bildirdi”, – deyiladi Oq uy bayonotida.

Avval Norvegiyaning “Taraqqiyot partiyasi” deputati Kristian Tibring-Gedde Trampni dunyodagi siyosiy mojarolarning tinchlik yo‘li bilan hal etishdagi harakatlari sabab Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatgandi. Mazkur qarorning chiqarilishiga 15-sentabrda Vashingtonda imzolanadigan Birlashgan Arab amirliklari hamda Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni me’yorlashitirishga qaratilgan kelishuv asos bo‘lgan. BAA Isroilga nisbatan 48 yil davom etgan iqtisodiy boykotni bekor qildi. BAA Isroil bilan tinchlik kelishuviga erishgan kam sonli arab mamlakatlaridan biri hisoblanadi.

Mavzuga doir: Donald Tramp AQSh kosmik kuchlari Rossiya va Xitoyning harakatlari sababli tuzilganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют