» » Xitoy AQShning koronavirus tarqalishi borasidagi ayblovlarini rad etdi

Xitoy AQShning koronavirus tarqalishi borasidagi ayblovlarini rad etdi


Xitoy koronavirusga qarshi AQShning barcha ayblovlarini rad etadi, ular asossizdir, degan Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Chjan Tszyun AQSh prezidenti Donald Trampning BMT Bosh assambleyasi sessiyasidagi nutqiga javoban. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Tramp Xitoy va JSSTni virus odamdan odamga yuqmasligi va kasallik alomatlari bo‘lmagan odamlar virus yuqtirmasligi to‘g‘risida noto‘g‘ri bayonotlar berishda ayblagandi. U, shuningdek, BMTni koronavirus tarqalishi uchun Xitoyni javobgarlikka tortishga chaqirgandi.

“Bizda bir tomonlama yondashuv, zulm qilish amaliyoti bilan bog‘liq muammolar mavjud. Dunyo arosatda. Ayni paytda dunyo ko‘proq hamjihatlik va hamkorlikka muhtoj, qarama-qarshilikka emas. Biz o‘zaro ishonchni oshirishimiz kerak, siyosiy virus tarqalishini emas”, — degan Chjan Tszyun.

“Xitoy XXRga qarshi qaratilgan asossiz ayblovlarni qat’iyan rad etadi, bu ayblovlar mutlaqo asossiz. Boshqalar nima deyishidan qat’i nazar, Xitoy ko‘p qirrali yondashuvni va BMTning xalqaro masalalardagi markaziy rolini qo‘llab-quvvatlaydi”, — deb ta’kidlagan u.

BMT Bosh assambleyasi sessiyasining yuqori darajadagi haftasi ilk bor yarim virtual formatda o‘tkazilmoqda. Rahbarlarning chiqishlari koronavirus pandemiyasi xavfidan kelib chiqib, onlayn tarzda tarqatilmoqda. Davlatlarning shtab-kvartiradagi doimiy vakillari o‘z rahbarlari nomidan chiqishlarni jonli efirda ovoz chiqarib e’lon qilish va nutqlarini kirish so‘zi bilan boshlash huquqiga ega.

BMT bosh qarorgohi  joylashgan Nyu-York shtati dastlabki paytlardanoq AQShda pandemiya markazi bo‘lib keldi. Eng yomon paytlarda kuniga 700 dan ortiq odam vafot etgan. Shunday epidemiologik vaziyatda har yili bo‘lib o‘tadigan yuqori darajadagi BMT Bosh assambleyasi haftaligi sentabr oyida odatiy formatda o‘tmasligi aniq edi.

Eslatib o‘tamiz, yangi koronavirus 2019-yilda Xitoyda qayd etilgandi. Keyinchalik u boshqa davlatlarga tarqalgan. JSST 11-mart kuni uni pandemiya deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 31 million kishidan oshgan. Kasalliklar soni bo‘yicha ro‘yxatda hali hamon AQSh yetakchilik qilmoqda.

Mavzuga doir: Xitoyda Rossiyadan keltirilgan muzlatilgan dengiz mahsulotlari qadog‘idan koronavirus topildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...