» » Xitoy JSST bilan kelishuv haqida ayblovlarni rad etdi

Xitoy JSST bilan kelishuv haqida ayblovlarni rad etdi


Xitoyning BMT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Chen Syuyning malum qilishicha, koronavirusning tarqalganini yashirish maqsadida Xitoyning Jahon sogliqni saqlash tashkiloti bilan ozaro kelishgani haqidagi ayblovlar asossiz hisoblanadi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Biz malum bir mish-mishlarga, bazi mavhumiy va kulgili tasdiqlarga etibor qaratdik. Bazilar hatto huquqiy taqib yoli bilan Xitoyni javobgarlikni tan olishga majbur qilish haqida fikr bildirdi, deya malum qilgan Xitoy vakili.

Uning qoshimcha qilishicha, bunday fikrlar bildirilishining siyosiy sabablari mavjud. Chen Syuy bunday ayblovlar panemiyaga qarshi kurash boyicha xalqaro harakatlarga yordam berishiga shubha bildirgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp 29-aprel kuni Amerika maxsus xizmatlariga JSST va Xitoyning ehtimoliy kelishuvi yuzasidan surishtiruv olib borish boyicha topshiriq bergan. Uning fikricha, JSST va Xitoy koronavirus haqidagi malumotni yashirgan bolishi mumkin.

Aprel oyida AQSh yangi turdagi koronavirus qanday paydo bolgani va Xitoy nima uchun virus tarqalishini darhol toxtata olmagani yuzasidan keng qamrovli surishtiruv boshlagan. AQSh razvedkasi virusning tabiiy holda kelib chiqqanini malum qilgan va uning suniy ravishda yaratilmaganini bildirgan.

Songgi malumotlarga kora, dunyoda koronavirusga chalingan 3,66 million kishi qayd etilgan. 257288 kishi kasallik qurboniga aylangan, 1,19 million bemor tuzalishga muvaffaq bolgan.

Mavzuga doir:Pentagon AQSh hukumati koronavirus qayerdan paydo bolganini bilmasligini malum qildi

AvvalroqFox News telekanali koronavirusning Uxanda laboratoriya sharoitida yaratilganinitaxmin qilgandi. Donald Tramp ham koronavirus laboratoriyada yaratilganini isbotlovchi dalillariborligini bildirgan.AQSh davlat kotibi Maykl PompeoXitoy kasallik tarqalishi yuzasidan muhim axborotga ega bolgani, ammo uni oz vaqtidaoshkor qilmaganiniaytgan.

Bunga javoban JSST AQSh koronavirus laboratoriyada yaratilgani togrisida hech qandaymalumot taqdim etmaganini, koronavirus Xitoy laboratoriyalarida paydo bolgani togrisidagi bayonotni spekulyativ deb aytgan.

Avstraliyaning The Daily Telegraph nashri AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya maxsus xizmatlarini birlashtiruvchi Besh koz razvedka alyansi tomonidan tayyorlangan 15 varaqli hisobotga tayanib, Xitoy COVID-19 koronavirus infeksiyasiga oid dalillarni qasddan yoq qilib yuborganiniyozgandi.

The Guardian garb maxsus xizmatlarida Xitoy koronavirus haqidagi malumotlarni yashirganligiga oid dalillar yoqligini, Avstraliya gazetadagi malumotlar Besh koz razvedka alyansidan emas, AQShning ozidan kelganinibildirgan.

Mavzuga doir:Olimlar koronavirusning ikkinchi, hatto uchinchi tolqini bolishi mumkinligidan ogohlantirdi



Manba: Daryo.uz
: admin (6-05-2020, 17:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 7) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -