» » Toshkentda qizlarni Turkiyaga fohishalik qilishga jonatmoqchi bolgan ayol qolga olindi (video)

Toshkentda qizlarni Turkiyaga fohishalik qilishga jonatmoqchi bolgan ayol qolga olindi (video)


Toshkent shahrida qizlarni Turkiyaga fohishalik bilan shugullanish uchun jonatmoqchi bolgan ayol qolga olindi. Bu haqda Ozbekiston 24 telekanali tomonidan tayyorlangan lavhada malum qilindi.

Xabar berilishicha, 12-sentabr kuni Dilfuza ismli fuqaro Toshkent shahar IIBBga murojaat qilib, Shahina ismli tanishi uni Turkiyaga fohishalik qilish uchun yuborayotganini malum qilgan.

Murojaat va olingan tezkor malumotlarga asosan Toshkent shahar IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi, Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bolimi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borildi. Dilfuza ismli fuqaro tomonidan aytilgan Shahina ismli ayolning shaxsiga aniqlik kiritish choralari korildi.

Ozini Shahina deb tanishtirgan shaxs aslida 1990-yilda Toshkent viloyatida tugilgan Shoyista Zokirova bolib chiqqan. U arizachini 14-sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga yuborayotgani aniqlandi.

Shoyista Zokirova tezkor tadbir davomida qolga olingan. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, mazkur ish Mirzo Ulugbek tumani IIBga yuborilgan.

Tezkor-tergov malumotlariga kora, Shoyista yana uch nafar qizni Istanbulga fohishalik qilishga yubormoqchi bolgan. Shoyista har bir yuborilayotgan qiz uchun 1000 dollardan ishlab olishni reja qilgan.

Malum bolishicha, Turkiyaga yuborilayotgan qizlarning yol va yashash xarajatlari jinoiy guruhning Turkiyadagi boshqa bir azosi tomonidan tolab berilishi kerak bolgan. Jonatilgan qizlar esa Turkiyada jinoiy guruh uchun 5000 dollardan ishlab berish majburiyatini olishi kerak bolgan.

Holat yuzasidan Shoyista Zokirovaga nisbatan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi e bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan odam savdosi) bilan jinoyat ishi qozgatilgan. Qolga olingan ayolga nisbatan boshqa holatlar ham tekshirilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (23-09-2020, 08:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -