» » Qashqadaryoda murojaatlarga e’tiborsiz qaragan ikki nafar tuman hokimi hayfsan oldi

Qashqadaryoda murojaatlarga e’tiborsiz qaragan ikki nafar tuman hokimi hayfsan oldi


Qashqadaryo viloyatida murojaatlarga e’tiborsiz qaragan ikki nafar hokimga hayfsan jazosi qo‘llanildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumot berilishicha, 2020-yilning o‘tgan davri mobaynida hokimliklarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarni ko‘rib chiqishda rahbar va mas’ul xodimlar tomonidan kamchilik va qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, viloyatdagi mavjud tuman va shahar hokimliklarning 32 nafar mas’ul xodimiga hayfsan berilgan bo‘lib, ularning orasida ikki nafar tuman hokimi ham bor. Biroq viloyat hokimligi hayfsan olgan hokimlar aynan qaysi hokimlar ekanligini ochiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, hukumatning 2020-yil 17-sentabrdagi farmoyishi bilan 2020-yilning birinchi yarim yilligida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini ta’minlagani uchun qator hokimlar va ularning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirilgandi. Shuningdek, mazkur farmoyish bilan bir nechta tumanlar hokimi ogohlantirildi, ularning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlariga esa hayfsan berildi. Bular qatorida Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani hokimi va uning birinchi o‘rinbosari ham bor.

Qo‘shimcha qilinishicha, Qashqadaryo viloyati hokimligiga 2020-yil yanvar oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari orqali 145 ta, Virtual qabulxona orqali 731 ta, sayyor qabul va uchrashuvlarda esa 6798 ta murojaat kelib tushgan. Hokimlik murojaatlarning nechtasi yechim topganiga oydinlik kiritmagan.

Mavzuga doir: Qashqadaryo hokimi tuman va shahar hokimi o‘rinbosarlari faoliyatini tanqid qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют