» » Amerikalik bir yarim sentner og‘irlikdagi ayol 64 kg vazn tashladi va muvaffaqiyat siri bilan bo‘lishdi

Amerikalik bir yarim sentner og‘irlikdagi ayol 64 kg vazn tashladi va muvaffaqiyat siri bilan bo‘lishdi


Amerikalik ayol 64 kilogrammga vazn tashladi va bunday muvaffaqiyat siri bilan bo‘lishdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Amerikaning Dallas shahrida yashovchi 35 yoshli Shavonda Brikli farmatsevtika kompaniyasida ishlaydi. U 28 yoshidayoq 157 kilogramm vaznga ega bo‘lgan. Ayolning ta’kidlashicha, u hamisha ehtiyojlarini ikkinchi o‘ringa qo‘ygan va o‘ziga g‘amxo‘rlik qilmagan.

Shavonda 2018-yil 33 yoshga to‘lish arafasida hayotini tubdan o‘zgartirishga qaror qildi. U dastlab parhezlar bilan tajriba qilishni boshladi, ammo uzoq vaqt mobaynida qat’iy cheklovlarga rioya qilolmadi.

2019-yilga kelib, u “keto” parhezini topdi va unga amal qilishni boshladi. Unga parhezning yoqqan tomoni shu bo‘ldiki, cheklovlar kichik bo‘lsa-da, natijasi yaxshi edi. Keyinchalik Brikli vaqt-vaqti bilan och yurishni o‘rgandi.

Hozirda ayol haftasiga uch marotaba shaxsiy murabbiy bilan shug‘ullanadi, boshqa kunlari esa 6 kilometr masofani yurib yoki yugurib bosib o‘tadi. Briklining 64 kilogramm vazn yo‘qotishdagi asosiy siri shunda edi.

Uning aytishicha, pahez bilan sportni taqqoslab bo‘lmaydi. Eng muhimi, vazn yo‘qotishni boshlash va insonning o‘ziga nisbatan mehribon bo‘lishidir.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют