» » O‘zbekistonning tashqi qarzi 27,5 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 27,5 mlrd dollardan oshdi


O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2020-yil boshidan 12,7 foizga yoki 3,1 milliard dollarga oshgan holda 2020-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, 27,6 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, umumiy tashqi qarz rezidentlarning norezidentlar oldidagi asosiy qarz va foizlarni to‘lash talab qilinadigan majburiyatlarini aks ettiradi. Umumiy tashqi qarz davlat va xususiy sektor qarzlaridan iborat. Umumiy tashqi qarzdagi o‘zgarishlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2013–2017-yillar davomida har ikkala sektorda ham qarzdorlikning o‘sishi kuzatilgan.

Biroq 2018-yilda xususiy sektor tashqi qarzi kamayishi kuzatildi, bu esa o‘z navbatida neft-gaz va energetika sektori korxonalari tomonidan jalb qilingan qarzdorlik muddatining tugashi bilan izohlanadi. 2019-yildan boshlab xususiy sektor tashqi qarzi asosan tijorat banklari tomonidan qarz olishning ko‘payishi hisobiga yana o‘sishni boshladi.

“2020-yilning I yarim yilligida davlat tashqi qarzi o‘sish tendensiyasini saqlab qoldi. Ushbu jarayon COVID-19 virusining tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini yumshatish uchun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yangi qarzlarning jalb qilinishi bilan izohlanishi mumkin”, – deya ta’kidlab o‘tgan Markaziy bank.

2020-yilning I yarim yilligida davlat sektori qarzdorligining o‘sishi 1,7 milliard dollarni tashkil qildi. Global pandemiya va iqtisodiy faollikning pasayishi sababli O‘zbekistonning suveren obligatsiyalari qiymati fond bozorlarida birja kotirovkalarining pasayishi natijasida 2020-yilning boshiga nisbatan kamaydi.

Banklar va iqtisodiyotning boshqa sektor korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 1,4 milliard dollarga oshdi.

2020-yilning I yarim yilligida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 2,1 milliard dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qilish asosan banklar – 1,8 milliard dollar, tekstil va to‘qimachilik sektori korxonalari – 71 million dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari – 154 million dollar tomonidan amalga oshirildi.

Avvalroq O‘zbekistonning xorijdan olgan qarzlari nimalarga sarflanayotgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют