» » Elektoromobillar ommalashmayotganiga sabab bo‘layotgan omillar sanab o‘tildi

Elektoromobillar ommalashmayotganiga sabab bo‘layotgan omillar sanab o‘tildi


Avtomobil moylarini ishlab chiqaruvchi Castrol kompaniyasi tadqiqot o‘tkazib, nima sababdan elektromobillar hozirgacha ommalashmaganini aniqladi. 10 mingga yaqin respondent o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, kompaniya bu boradagi beshta muhim omil ro‘yxatini tuzdi, deb xabar beradi Motor.

Accelerating The Evolution nomi ostidagi hisobot 9 mingta avtomobil egasi, 570 ta transport boshqaruvchisi va 30 ta avtomobil sohasi vakiliga asoslangan. Ularning fikricha, elektromobillarning ommalashishida birinchi nuqta — bu narx. Potensial xaridorlarning uchdan ikki qismi (63 foizi) bugungi kundagi narxlarni qimmat deb hisoblaydi, ular uchun ideal narxi — 36 ming dollar.

E’tiborga olish lozim bo‘lgan ikkinchi sabab — quvvatlantirish vaqti. Castrol so‘rovnomasida ishtirok etganlar 31 daqiqadan ortiq kutishni istamagan — tushlik vaqti aynan shunchani tashkil etadi. Bu ichki yonuv dvigatelida harakatlanuvchi mashina egalari odatda sarflaydigan vaqtdan ko‘proq: bu kabi to‘xtatishlar odatda 21 daqiqa davom etadi. Bir martalik quvvatlanish esa, respondentlar fikricha, 469 kilometrni tashkil etgani ideal hisoblanadi — hozirda bu kabi ko‘rsatkich bilan Tesla, Volkswagen, Rivian va Lucid maqtana oladi.

Elektromobillarning ommalashmayotganiga, shuningdek, quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘ining rivojlanmagani sabab bo‘lmoqda. So‘rov ishtirokchilarining 70 foizi terminal uyida yoki yaqin atrofda bo‘lishini ma’qul ko‘rgan; 67 foiz respondent esa quvvatlantirish stansiyasi ishxonada bo‘lishini orzu qilsa, 62 foizi elektromobillar faqat qayta tiklanuvchi manbalarda harakatlanishini xohlagan. Va eng oxirgisi: xaridorlarning yarmidan ko‘pi o‘zlari yaxshi ko‘rgan model elektr uzatmada harakatlanadigan variantni taqdim etsa, elektromobilga o‘tishlarini bildirgan.

Avvalroq 2020-yilning 8 oyida O‘zbekistonga xorijdan 73 ta elektromobil import qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Xitoyda golografik yordamchiga ega Bestune E01 elektrokrossoveri paydo bo‘ldi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют