» » Elektromobil sotib olmaslikning beshta sababi (foto)

Elektromobil sotib olmaslikning beshta sababi (foto)


Elektromobillar — bu kelajak transporti ekanligi shubhasiz, 20 yildan so‘ng benzinda harakatlanadigan mashinalarni kamdan kam uchratish mumkin bo‘ladi. Biroq hozirda ushbu elektromobillarni sotib olish foydalimi? Insider Pro hozirgi vaqtda elektromobil sotib olish lozim emasligi borasida beshta sababni taqdim etdi.

Yangi Model S elektromobilining narxi AQShda 35 ming dollar turadi. Boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilarining mashinalari esa bundanda qimmat. Benzinda harakatlanadigan C klassidagi avtomobillarning narxi esa 15 ming dollar atrofida.

Hatto AQShning o‘zida ham elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchalari juda kam. Rossiyada esa 2016-yilga ma’lumotlarga ko‘ra, 29,5 ming avtomobilga 4 ta shoxobcha to‘g‘ri kelgan. Forbes’ning ma’lumot berishicha hozirda 170 ga yaqin quvvatlantirish stansiyasi mavjud. Uyda ham quvvatlantirish mumkin, biroq bu juda ko‘p vaqtni talab qiladi.

Hozirda elektromobillarni faqatgina ayrim avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar taqdim etayotgani sabab tanlov juda kam. 2020-yilga borib elektromobillarning modeli 120 ga yetishi kutilmoqda.

Tesla elektromobili bir marta quvvatlantirilganida 300 kilometr masofani bosishi mumkin. Benzinda harakatlanadigan avtomobillar esa to‘la yoqilg‘i baki bilan 500—600 kilometr masofa bosa oladi.

Ixcham elektromobillar bilan ishga yoki sportklubga qatnash mumkin, biroq oilaviy sayr qilish noqulay.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-09-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют