» » Saudiya Arabistonida oktabrdan boshlab Umra ziyoratlariga ruxsat beriladi

Saudiya Arabistonida oktabrdan boshlab Umra ziyoratlariga ruxsat beriladi


Saudiya Arabistoni oktabr oyidan boshlab mamlakatda yashovchi aholisi uchun Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat beradi. Bu haqda podshohlik Ichki ishlar vazirligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ziyoratlar bosqichma-bosqich va koronavirus tarqalishidan himoyalovchi karantin choralariga rioya qilingan holda qayta tiklanadi.

4-oktabr kuni boshlanadigan birinchi bosqich doirasida podshohlikning odatdagi ziyoratchilarini uchdan biri, ya’ni mamlakat aholisining 6 mingi Umra ziyoratini amalga oshirishi mumkin.

Ikkinchi bosqich esa 18-oktabrdan boshlanadi va unda ziyoratchilar soni 75 foizga qadar oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi o‘rtalarida Saudiya Arabistoni podshohligida jamoat namozlari vaqtincha to‘xtatilgan va faqat ikkita — Makka hamda Madinadagi masjidda jamoat bo‘lib namoz o‘qishga ruxsat berilgandi. Biroq keyinchalik koronavirus tarqalishi xavfi sabab Al-Harom va Nabaviy Masjidda ham namoz o‘qish to‘xtatilgan. 23-mart kuni Saudiya Arabistonida komendantlik soati joriy etilgan, 24-mart kuni mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etilgan. Shuningdek, mamlakatda aholi hamda xorijlik ziyoratchilar uchun Umra ziyoratini amalga oshirish tadbirlari ham noma’lum muddatga qoldirilgandi.

7-aprelda Saudiya Arabistoni Ramazon oyida masjidlarni ochishni rejalashtirmayotgani aytilgan, 13-aprel kuni Ramazon oyida Saudiya Arabistonida taroveh namozlari uyda o‘qilishi haqida fatvo berilgani xabar qilingan, keyinchalik shu kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotida taroveh namozlarini uyda o‘qish tavsiya qilindi. 18-aprel kuni Tojikistonda masjidlar yana yopilgani, juma va taroveh namozlari masjidlarda o‘qilmasligi, ushbu choralar koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida amalga oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Saudiya Arabistonida komendantlik soati 21-iyundan bekor qilingan, biroq shunga qaramay, ko‘plab cheklovlar o‘z kuchida qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют