» » MDH davlatlari rahbarlari 16-oktabr kuni videokonferensiya tarzida sammit o‘tkazadi

MDH davlatlari rahbarlari 16-oktabr kuni videokonferensiya tarzida sammit o‘tkazadi


22-sentabr kuni Minskda MDH Ijroiya qo‘mitasida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning doimiy vakolatli vakillari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Hamdo‘stlik mamlakatlarining doimiy vakillari Tashqi ishlar vazirlari kengashi va MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi, 15 va 16-oktabr kunlari videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishlariga tayyorgarlikni muhokama qilgan.

Doimiy vakolatli vakillar MDH doirasida tashkil etilgan bazaviy tashkilotlarning, shuningdek, ular huzurida tuzilgan kengashlarning Hamdo‘stlikdagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan amaliy hissasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tinglagan.

Yig‘ilishda, shuningdek, 2011-yil 18-oktabrdagi erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi bitim qoidalarining bajarilishi muhokama qilingan. Kelishuv ishtirokchilari o‘rtasida savdo to‘siqlarini yo‘q qilish bo‘yicha keyingi ishlarning zarurligi qayd etilgan, bu iqtisodiy o‘sish va o‘zaro savdo rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan. O‘zaro savdo shartlarini yanada erkinlashtirish maqsadida bitim qoidalari bajarilishini nazorat qilishni davom ettirish va xizmatlarning erkin savdosi to‘g‘risidagi bitim loyihasini tayyorlash ustida ishlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Bundan tashqari, 11-oktanr kuni Tojikistonda, 1-noyabr kuni Moldovada o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarida MDH nomidan qatnashadigan kuzatuvchilar missiyasi rahblarlari nomzodi kelishib olingan. Unga ko‘ra, Ijroiya qo‘mita raidi Sergey Lebedev Tojikistondagi missiyaga, uning o‘ribosari Viktor Guminskiy esa — Moldovadagi missiyaga rahbarlik qiladi.

MDH Ijroiya qo‘mitasida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning doimiy vakolatli vakillari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 27-oktabrga rejalashtirilgan.

Avvalroq Abdulaziz Komilov MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi bilan davlat rahbarlari kengashi majlisiga tayyorgarlik masalasini muhokama qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют