» » Indoneziyalik o‘smirlar sayrda ushlanib qolgani uchun turmush qurishga majbur bo‘ldi (video)

Indoneziyalik o‘smirlar sayrda ushlanib qolgani uchun turmush qurishga majbur bo‘ldi (video)


Indoneziyaning Lombok orolida ikki o‘spirin tanishganidan to‘rt kun o‘tib turmush qurishiga to‘g‘ri keldi. Bunga ularning sayrda uzoqroq vaqt qolib ketgani sabab bo‘lgan, deb yozadi Esquire.

Ta’kidlanishiga qaraganda, 12 yosh qiz va 15 yosh yigitning turmush qurishiga qizning ota-onasi sababchi bo‘lgan. Ular yoshlar qosh qorayganida ko‘rishsa turmush qurishi kerakligini aytib, urf-odatga amal qilishni talab qilgan. Yigit qizni sayrdan mahalliy vaqt bilan kechki 7 yarimda uyiga kuzatib qo‘ygan bo‘lgan.

Yoshlar yashaydigan qishloq rahbari, Indoneziya diniy ishlar boshqarmasi va yigitning oilasi ularning turmush qurishiga qarshilik qilgan. Shunga qaramay, to‘y bo‘lib o‘tgan va yoshlar qizning oilasi bilan birga yashamoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Indoneziyada qizlar uchun turmush qurish yoshi 16 dan 19 ga o‘zgartirilganiga qaramay, aksari ota-onalar mahalliy urf-odatlarga amal qilib qizlarini erta turmushga berishda davom etadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют