» » Tanzila Norboyeva qonunlarda korrupsiogen holatlar mavjudligini ta’kidladi

Tanzila Norboyeva qonunlarda korrupsiogen holatlar mavjudligini ta’kidladi


Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekiston qonunchiligidagi kamchiliklar haqida “O‘zbekiston 24” kanaliga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.

“Parlamentning asosiy faoliyati tez qadamlar bilan ketayotgan islohotlarning qonuniy asoslarini yaratish va mustahkamlashdir. Yillar davomida ishlab chiqilgan qonunlar bugungi kun talabiga javob bermasligini ko‘rdik.

Qonunlarda ko‘plab korrupsiogen holatlar mavjud. Ularda islohotlarga to‘siq bo‘ladigan ko‘plab moddalar bor. Bularni bartaraf qilish bo‘yicha Oliy Majlisning ikki palatasi tomonidan ham tahliliy, ham qonunchilik ishlari amalga oshirilyapti”, – dedi Norboyeva.

Senat raisi parlament oldida ijro hokimiyatining hisobdorligi oshganini ham qayd etib o‘tgan.

“Ilgari qonunlarda yozilsa ham, amalda bu narsa yo‘q edi. Ya’ni parlamentning hukumatni shakllantirishi, hukumatning uning oldida hisobdorligi masalasi. Lavozimiga loyiqmi, loyiq emasmi degan masala parlament a’zolarining diqqat markazida turibdi. Bosh vazirdan tortib barcha vazirlar lavozimiga tayinlanishida parlament muhokamasidan o‘tadi.

Ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni qay darajada bajarayotgani bo‘yicha quyi va yuqori palataga hisobot bermoqda. Agar lavozimiga loyiq bo‘lmasa, parlament buni bemalol ayta oladi. Hokimlar ham hududlardagi islohotlar qay darajada amalga oshirilayotgani bo‘yicha parlamentga hisobot beryapti”, – dedi Tanzila Norboyeva.

Senat raisi intervyusi davomida parlamentning o‘rni nufuzi 3–4 yil davomida mutlaqo o‘zgarganini, uning vakolatlari kengaytirilganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют