» » “Mikrokreditbank” jurnalist va bloggerlar o‘rtasida tanlov e‘lon qiladi

“Mikrokreditbank” jurnalist va bloggerlar o‘rtasida tanlov e‘lon qiladi


Zamonaviy noutbook yoki uyali telefon egasi bo‘lishni istaysizmi? Unda diqqat bilan o‘qing.

“Mikrokreditbank” “Quyonchilik sohasini, quyon mahsulotlarini va uning foydali jihatlarini ommaviy axborot vositalarida eng yaxshi yoritilishi” mavzusida jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov o‘tkazishdan asosiy maqsadi O‘zbekistonda quyonchilik sohasini rivojlantirish, aholining mazkur masalaga e’tiborini qaratib uning foydalilik xususiyatlarini keng yoritishdan iborat.

Tanlovga ishtirokchilaridan 3 tadan kam bo‘lmagan jurnalistik materiallar qabul qilinadi. Unda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida 2020-yil 1-iyuldan 2020-yil 10-dekabrgacha chop etilgan materiallari, blogerlik ishlari bilan ishtirok etish mumkin.

Hujjatlarni jo‘natishning eng oxirgi muddati: 2020-yil 15-dekabr soat 17:00 gacha.

Tanlov ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda g‘olib bo‘lishlari mumkin:

Televideniya yo‘nalishi bo’yicha: Eng yaxshi reportaj, Eng yaxshi telelavha

Radio yo‘nalishi bo‘yicha: Eng yaxshi reportaj, Eng yaxshi radio eshittirish

Matbuotda: Eng yaxshi reportaj, Eng yaxshi maqola

Internet saytida: Eng yaxshi reportaj, Eng yaxshi maqola

Blogerlar orasida: Eng ommabop blogpost

Tanlov natijalariga ko‘ra:

– har bir yo’nalish bo‘yicha 1 tadan asosiy g‘olibga zamonaviy noutbuk

– har bir yo‘nalish bo’yicha 1 tadan rag‘batlantiruvchiga uyali telefon.

Barcha materiallar OAVda e’lon qilinganligi haqidagi asosnomaga ega bo‘lishi lozim (gazeta/ jurnal sahifasining nusxasi, Internet-resurs skrinshoti, TV/radioefirda materialning ketganlik sanasi ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma). Audio/video ishlar, albatta fayl almashinish uskunalariga yuklangan bo‘lib, u yerdan materiallarni ko‘chirib olish yoki eshitish/ko‘rish imkoni mavjud bo‘lishi kerak, havolalari esa arizada aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Tanlovga materiallar qatnashchi haqida qisqacha ma’lumot, xizmat qilayotgan OAV nomi, (blogi) lavozimi va telefon raqamini ko‘rsatgan holda, 2020-yil 15-dekabr kuniga qadar info@mikrokreditbank.uz elektron pochtasida va/yoki 97 130 96 66 Telegram manzilida qabul qilinadi.

Hujjatlaringiz to‘liq yetib kelganligini (71) 273 28 10 raqamiga telefon qilib, tasdiqlatib olishni unutmang.

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют