» » “Davyergeodezkadastr” jurnalistlar o‘rtasida tanlov e’lon qildi

“Davyergeodezkadastr” jurnalistlar o‘rtasida tanlov e’lon qildi


“Davyergeodezkadastr” jurnalistlar o‘rtasida tanlov e’lon qildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Tanlovga “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimini modernizatsiyalash” (KMRKTM) loyihasi, KMRKTMning maqsadlari, tadbirlar, natijalari, ushbu loyiha amalga oshirilishidan davlat va fuqarolar uchun ko‘riladigan foyda” mavzusi tanlangan.

Mazkur tanlovni o‘tkazishdan maqsad, bu jamoatchilik diqqatini eng dolzarb ijtimoiy masalalarga qaratish va KMRKTM loyihasining ijobiy amaliyoti va jihatlarini keng yoritishdan iboratdir.

Tanlovda jurnalist tekshiruvi va reportaj janrlarida yozilgan maqolalar, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi postlar ko‘rib chiqiladi. Unda turli OAV da ishlovchi hududiy jurnalistlar hamda o‘ziga xos noyob kontentlarni yaratayotgan blogerlar ishtirok etishlari mumkin.

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi Ekspertlar kengashining qaroriga ko‘ra, tanlovga 2018-yil 1-noyabrdan 2019-yil 1-yanvargacha OAV da e’lon qilingan (efirga uzatilgan) materiallar taqdim etiladi.

Tanlovga ishlarning taqdim etilishi OAV tahririyatlari va material mualliflari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Tanlov besh nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

Tanlovga taqdim etilgan ishlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

Tanlovga taqdim etilgan ishlar quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:

Ishlar o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi. Taqdimotning afzal varianti – elektron ko‘rinishda taqdim etilgan materiallar.

“Davyergedezkadastr” qo‘mitasi Ekspertlar kengashi “Respublika bosma OAV larida e’lon qilingan eng yaxshi maqola”, “Hududiy bosma OAV larida e’lon qilingan eng yaxshi maqola” va “Elektron OAV larda e’lon qilingan eng yaxshi maqola” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovda birinchi o‘rinni olgan bitta g‘olibni, tanlovda ikkinchi o‘rinni olgan bitta laureatni va tanlovda uchinchi o‘rinni olgan bitta laureatni aniqlaydi.

Birinchi o‘rin sohibi bo‘lgan g‘olib planshet va “Davyergedezkadastr” qo‘mitasining diplomi, 2-o‘rin sohibi – USB-flesh-to‘plagichi (1TV) va “Davyergedezkadastr” qo‘mitasining diplomi, 3-o‘rin sohibi – kompyuter kolonkalari va “Davyergedezkadastr” qo‘mitasining diplomi bilan taqdirlanadi.

“Davyergedezkadastr” qo‘mitasi Ekspertlar kengashi “Eng yaxshi videorolik” va “Eng yaxshi audiorolik” nominatsiyalari bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan bittadan g‘olibni aniqlaydi. “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib televizor va “Davyergedezkadastr” qo‘mitasi diplomi, “Eng yaxshi audiorolik” bo‘yicha g‘olib planshet va “Davyergedezkadastr” qo‘mitasining diplomi bilan taqdirlanadi.

Ekspertlar kengashi Tanlovda ishtirok etishi uchun o‘zbek OAV monitoringi natijalariga ko‘ra tanlab olingan maqolalar (sujetlar)ni taklif qilish huquqiga ega.

Tanlovga elektron ko‘rinishda “OAV Tanlovi” belgisi bilan taqdim etiladigan materiallar 2018-yil 31-dekabrgacha Tanlov@ygk.uz manzili bo‘yicha qabul qilinadi.

Tanlov yakunlari “Davyergedezadastr” qo‘mitasi rasmiy saytining sahifasida va Telegram-kanalida e’lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash bo‘yicha tantanali marosim 2019-yil fevral oyida “Davyergedezkadastr” qo‘mitasining binosida o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2018, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 8) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют