» » Davyergeodezkadastr jurnalistlar o‘rtasida e’lon qilingan tanlov muddatini uzaytirdi

Davyergeodezkadastr jurnalistlar o‘rtasida e’lon qilingan tanlov muddatini uzaytirdi


O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (Davyergeodezkadastr) jurnalistlar o‘rtasida “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimini modernizatsiyalash” (KMRKTM) loyihasi, KMRKTM ning maqsadlari, tadbirlar, natijalari, ushbu loyiha amalga oshirilishidan davlat va fuqarolar uchun ko‘riladigan foyda” mavzusida tanlov e’lon qilgan edi.

Qo‘mita axborot xizmatining xabar berishicha, tanlovga arizalar qabul qilish muddati 2018-yil 31-dekabrdan 2019-yil 31-yanvarga qadar uzaytirilgan.

Mazkur tanlovni o‘tkazishdan maqsad, bu jamoatchilik diqqatini eng dolzarb ijtimoiy masalalarga qaratish va KMRKTM loyihasining ijobiy amaliyoti va jihatlarini keng yoritishdan iboratdir.

Asosiy vazifa – KMRKM loyihasining davlat va fuqarolar uchun ijobiy ta’sirini keng yoritish va targ‘ibot qilish, Davyergeodezkadastr qo‘mitasi va keng jamoatchilik, steykxolderlar va professional uyushmalar o‘rtasidagi samarali hamkorlik namunalari to‘g‘risida ma’lumot berib borish. Tanlovda jurnalist tekshiruvi va reportaj janrlarida yozilgan maqolalar, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi postlar ko‘rib chiqiladi. Unda turli OAV da ishlovchi hududiy jurnalistlar hamda o‘ziga xos noyob kontentlarni yaratayotgan blogerlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga elektron ko‘rinishda “OAV Tanlovi” belgisi bilan taqdim etiladigan materiallar 2019-yil 31-yanvargacha Tanlov@ygk.uz manzili bo‘yicha qabul qilinadi.

Tanlov yakunlari Davergedezkadastr qo‘mitasi Facebook sahifasida va Telegram-kanalida e’lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash bo‘yicha tantanali marosim 2019-yil fevral oyida Davyergedezkadastr qo‘mitasining binosida o‘tkaziladi.

Taqdirlash marosimi o‘tkaziladigan sana va joy haqida tanlov laureatlarini aniqlash ishlari yakunlanganidan keyin qo‘shimcha ma’lumot beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют