» » Toshkentda kadastr tizimlarini modernizatsiyalash bo‘yicha seminar o‘tkaziladi

Toshkentda kadastr tizimlarini modernizatsiyalash bo‘yicha seminar o‘tkaziladi


25-oktabr Toshkent shahridagi Wyndham mehmonasi majlislar zalida Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” (KMRO‘KTM) loyihasi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda loyiha tashkilotchilari “Daryo”ga xabar bermoqda.

Seminar maqsadi: KMRO‘KTM vazifalari, natijalari va ushbu loyiha amalga oshirilishidan davlat va fuqarolar uchun ko‘riladigan foyda haqida ma’lumot berish.

Seminar tashabbuskori (nyusmeykeri) – O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (Davyergeodezkadastr).

Birinchi bor o‘tkazilayotgan seminar ishida hukumat, vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari (Yoshlar harakati, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Mahalla jamg‘armasi, Nuroniy jamg‘armasi), xalqaro moliya institutlari (Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki), bank sektori, sug‘urta kompaniyalari, notarial idoralar, oliy ta’lim muassasalari, xususiy sektor (geodeziya, baholash, rieltor komanaiyalari, turar-joy fondi quruvchilari), “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar vakillar ishtirok etadilar.

Shuningdek, seminarga mahalliy ommaviy axborot vositalarining vakillari ham taklif etilgan.

Seminar spikerlari :

Abdushukur Abdullayev – “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi raisi

Kis Bell – Jahon bankining yer siyosati bo‘yicha katta mutaxassisi

Aleksandr Samborskiy – seminar moderatori, yer huquqi bo‘yicha Loyixani amalga oshirish guruxi (LAOG) mutaxassisi

Auvo Finne – Compet-Terra & FGC Qo‘shma korxonasi, IT bo‘yicha maslahatchi (Finlyandiya)

Renat Zagretdinov – xalqaro maslahatchi (Rossiya)

Vladimir Vasilyev – Compet-Terra & FGC QK (Shvetsiya)

Rustam Payziyev – “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi mutaxassisi

Seminar dasturiga kadastr hisobini yuritish va ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, axborot resruslari va tizimlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari va aholiga sifatli interfaol davlat xizmatlarini taqdim etishga oid dolzarb muammolar bo‘yicha ma’ruzalar kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют