» » Turkmanistonlik faollar BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohi oldida norozilik namoyishi o‘tkazdi

Turkmanistonlik faollar BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohi oldida norozilik namoyishi o‘tkazdi


Turkmanistonlik faollar 22-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohi oldida norozilik namoyishini o‘tkazdi. Muxolifatchilar qo‘llarida yozuvlar bilan Turkmanistondagi siyosiy mahkumlarni ozod qilishga, paxta maydonlaridagi majburiy mehnatni to‘xtatishga va Turkmanistondagi COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganishga chaqirdi. Bu haqda “Turkmen News” xabar berdi.

Faollarning ba’zilari turkman milliy bosh kiyimlarini kiyib olgandi, boshqalari esa qo‘llarida Turkmaniston bayroqlarini tutib turgandi.

“Nima sababdan koronavirus avj olayotgan mamlakatda hukumat bolalarni paxta terishga jo‘natmoqda, buning ustiga har qanday ob-havoda?”, — deya ta’kidlagan namoyish tashkilotchilardan biri bo‘lgan Olga Choriyeva.

BMT bosh qarorgohi oldidagi namoyishdan keyin faollar Nyu-Yorkning bosh maydoni —Tayms-skverga borgan va u yerda ham Turkmanistondagi erkinlik va demokratiya uchun chiqish qilgan.

“Biz qayta-qayta chiqish qilish niyatidamiz, Birlashgan Millatlar Tashkilotining binosiga boramiz va Vashingtondagi Turkmaniston elchixonasida miting o‘tkazamiz, ko‘chalarda plakatlar bilan yuramiz va odamlarga Berdimuhamedov rejimi jinoyatlari, boy mamlakatdagi qashshoqlik va ochlik haqida, qamoqxonalardagi yuzlab siyosiy mahbuslar haqida gapirib beramiz. Biz bularning barchasini Turkmaniston hukumati yuzini xalqqa qaratmaguncha qilamiz”, — deya va’da berdi faol Zara Hayit.

BMT Bosh Assambleyasi 22-sentabr kuni videoaloqa orqali ish boshladi. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yig‘ilishda qutlov nutqi bilan chiqish qildi. Berdimuhamedov birinchi marta COVID-19 Turkmanistonga ta’sir qilmasligini ta’kidlamadi. U mamlakatda kasallik yuqtirganlar borligini aytmagan, ammo ularning yo‘qligini ham da’vo qilmagan. Prezident shunchaki COVID-19 butun dunyo uchun muhim muammo ekanligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, epidemiya ekologik jihatdan noqulay mintaqalar aholisi, masalan, Orol dengizining qurib borayotgan hududi uchun xavfli. Avvalroq, Turkmanistonning davlat ommaviy axborot vositalari niqoblarni koronavirus tufayli emas, balki “Orol dengizidan chiqadigan zararli chang” tufayli taqish kerakligi haqida yozgan edi.

Shuningdek, Turkmaniston prezidenti BMT va JSSTga koronavirus genomini o‘rganish bo‘yicha maxsus dastur ta’sis etishni, “pnevmoniyaga qarshi kurash uchun maxsus ko‘p tomonlama mexanizm” ishlab chiqishni va “O‘tkir infeksiyalarni davolash va oldini olish bo‘yicha metodik markaz” yaratishni taklif qilgan.

Berdimuhammedov o‘z nutqida boshqa biron bir dolzarb muammolarga to‘xtalmagan. Turkmaniston hukumati vakillari ommaviy chiqishlarda hech qachon muxolifatning bayonotlariga munosabat bildirmaydi va muxolifat ilgari surgan masalalarni muhokama qilmaydi.

Avvalroq koronavirus pandemiyasiga qaramasdan Turkmanistonda talabalar paxta terimiga jo‘natilishi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют