» » MTS Turkmaniston ustidan xalqaro tashkilotga arz qildi

MTS Turkmaniston ustidan xalqaro tashkilotga arz qildi


MTS kompaniyasi Turkmanistondagi filiali “MTS Turkmaniston” o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgandan keyin Jahon banki qoshidagi Investitsiyaviy bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markazga arz qildi, deb yozadi Spot.

Mobil operator faoliyatini to‘xtashidan ko‘rgan umumiy ziyoni hali oxirigacha belgilanmagan, biroq dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra kamida 750 million dollarga baholanmoqda.

“MTS Turkmaniston” 2017-yil 29-sentabrdan Turkmanistondagi mijozlariga uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatishdan to‘xtagan.

MTS Turkmaniston davlati uning xorijiy sarmoyachi sifatidagi huquqini buzgan deb hisoblamoqda. Bu natijada MTS’ning Turkmanistondagi investitsiyalaridan to‘liq mahrum bo‘lishiga olib kelgan”, deb ma’lum qilgan kompaniya.

MTS Turkmaniston bilan ziddiyatlar hal qilinmagani sababli xalqaro tashkilotga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют