» » Rossiyaning Samara viloyatida to’plangan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 15 ta avtobus jo‘natildi

Rossiyaning Samara viloyatida to’plangan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 15 ta avtobus jo‘natildi


Rossiyaning Samara viloyatida O‘zbekistonga qaytish maqsadida Qozog‘iston bilan chegara hududida to‘plangan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon Rossiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Mavzuga doir: Video: Samaradagi vatanga qaytish uchun navbat kutayotgan o'zbek muhojirlari lageri

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Rossiyadagi fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish jarayonini yanada tezlashtirish, birinchi navbatda og‘ir ahvolda qolgan fuqarolarni imkon qadar tezroq O‘zbekistonga olib kelish maqsadida Rossiyaning tegishli vazirlik va idoralari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida repatriatsion charter reyslarining sonini bir necha marotabaga ko‘paytirishga erishildi. Shu bilan birga mamlakatning turli hududlariga muntazam ravishda maxsus temiryo‘l qatnovlari ham tashkil etilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Respublika maxsus komissiyasi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, DXX Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Qozog‘iston va Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalarining sa’y-harakatlari bilan ayni damda O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan Rossiyaning Qozog‘iston bilan chegaraoldi hududi, Samara viloyatida to‘planib qolgan fuqarolarni vatanga olib kelish maqsadida maxsus avtobus qatnovi tashkil etilmoqda.

Mazkur avtobus qatnovlari Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon 23-sentabr kuni Rossiyaning Samara viloyatiga yo‘lga chiqdi. Ushbu qatnov barcha sanitariya qoidalari hamda Qozog‘iston va Rossiya tomonidan qo‘yilgan talablarga qat’iy amal qilgan holda bajarilmoqda.

Qatnovni bajarishga jalb etilgan 40 nafar haydovchining barchasi yo‘lga chiqishdan avval koronavirusga test topshirdi. Laboratoriya tahlili natijalaridan so‘ng ularga tegishli ma’lumotnoma berildi. Shundan so‘ng, tashuvlar xavfsizligini ta’minlash va qatnov davomida nimalarga e’tibor berish lozimligi yuzasidan yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Rejaga muvofiq avtobuslar 25-sentabr kuni belgilangan manzilga yetib boradi. Shu kunning o‘zida avtobuslar 700 dan ortiq yo‘lovchini olib O‘zbekiston tomon yo‘lga chiqadi.

Transport vazirligi hozirda Rossiyaning turli hududlaridan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lib turgan fuqarolardan ommaviy ravishda Rossiyaning Qozog‘iston bilan chegaraoldi hududlariga to‘planmasliklarini so‘ragan. “Bu kabi holatlar hozirgi qaltis epidemiologik vaziyatning yanada murakkablashuviga, kasallik yuqtirib olish xavfining ortib ketishiga va eng yomoni — yurtdoshlarimizni vatanga olib kelish maqsadida katta qiyinchiliklar bilan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning cheklanishiga sabab bo‘lishi mumkin”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 22-sentabr kuni Rossiyadan 746 nafar o‘zbekistonlik poyezdda vatanga olib kelingani haqida xabar berildi. 16-sentabr kuni Samaradan 938 nafar o‘zbekistonlik poyezdda olib kelindi. 15-sentabr kuni esa Samara va Yekaterinburgdan 2 mingga yaqin, 3-sentabr kuni 922 nafar o‘zbekistonlik poyezdda O‘zbekistonga olib kelingandi.

Bunga qadar Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan 927 nafar, Samara viloyatidan 918 nafar o‘zbekistonlik poyezd orqali mamlakatga olib kelingan. 9-avgustda Rossiyadan poyezdda olib kelingan 918 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi karantin zonasiga joylashtirilgan. Shuningdek, shu kuni boshqa bir poyezd Samaradan Samarqandga o‘zbekistonliklarni olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют