» » Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari sabab Toshkentda 8 ta avtobus yo‘nalishlari vaqtinchalik o‘zgartiriladi

Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari sabab Toshkentda 8 ta avtobus yo‘nalishlari vaqtinchalik o‘zgartiriladi


Toshkent shahridagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Nukus ko‘chasidan Sayhun ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 2020-yil 24-sentabrdan boshlab avtomobillar harakati uchun bir tomonlama yopilishi munosabati bilan ushbu oraliqda harakatlanuvchi 7 ta avtobus yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Xabarga ko‘ra 12 va 81-sonli avtobus yo‘nalishlarining Qo‘yliq bozori tomon harakati Nukus ko‘chasidan Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayhun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi.

26 va 37-sonli avtobus yo‘nalishlarining shahar markazidan qaytish yo‘nalishidagi harakati T.Shevchenko ko‘chasidan Nukus, Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayhun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi.

68 va 93-sonli avtobus yo‘nalishlarining Qo‘yliq bozori tomon harakati Istiqbol ko‘chasidan Nukus, Amir Temur, Turkiston, KHAY, Mehrjon, 8-mart, Sayhun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi.

Shuningdek, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Uysozlar ko‘chasiga burilish yopilganligi sababli ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 2 ta avtobus yo‘nalishlari ham vaqtincha o‘zgartiriladi.

12 va 68-sonli avtobus yo‘nalishlarining shahar markazidan qaytish yo‘nalishidagi harakati Farg‘ona yo‘li, Jarqo‘rg‘on, Izzat, Uysozlar-2, Uysozlar ko‘chalari orqali keyingi harakatlari o‘z yo‘nalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik o‘zgaradi.

Yangi Qo‘yliq ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga chiqish yopilganligi sababli ushbu chorraha orqali harakatlanuvchi 2 ta avtobus yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi.

37 va 55-sonli avtobus yo‘nalishlarining shahar markazi tomon harakati Yangi Qo‘yliq ko‘chasidagi “2-oilaviy poliklinika” bekatidan so‘ng Fayziobod 9-tor, Fayziobod, Fayziobod 4-tor, Beshkent, Oqbilol 4-tor, Oqbilol ko‘chalari, Farg‘ona bozori ko‘prik osti yo‘li, Farg‘ona yo‘li–Jarqo‘rg‘on ko‘chalari chorrahasi, Farg‘ona bozori ko‘prik yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali keyingi harakatlari o‘z yo‘nalishlarini davom ettirgan holda vaqtinchalik o‘zgartirildi.

“Yo‘nalishlar harakatiga kiritilayotgan vaqtinchalik o‘zgartirishlar natijasida, yo‘nalishlardagi qatnov vaqtlari va avtobuslarning oraliq interval vaqtlari amaldagi vaqtlardan ortishi, ko‘cha-yo‘l tarmoqlarida avtomobillar harakatining vaqtinchalik cheklanishi holatlariga ko‘ra, yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin”, – deyilgan vazirlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют