» » O‘zbekistondagi turli dinlarning yetakchi vakillari odamlarni karantin qoidalariga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi

O‘zbekistondagi turli dinlarning yetakchi vakillari odamlarni karantin qoidalariga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati O‘zbekistondagi turli din namoyondalari ishtirokidagi ijtimoiy rolikni e’lon qildi.

Ijtimoiy videorolikda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov, Rim-katolik cherkovi ruhoniysi Yeji Matsulevich, Toshkent shahar Rus pravoslav cherkovi bosh ruhoniysi Sergey Statsenko o‘zbekistonliklarga murojaat qilgan.

Jumladan, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov, “karantin yumshatilgani, degani kasallik chekinganini anglatmasligini aytib, musulmonlarni hushyorlikni yo‘qotmaslikka, xotirjamlikka berilmaslikka undagan. Ibodatlarni ado etishda ijtimoiy masofalanish va karantin tartib-qoidalariga rioya etishga, antiseptik vositalardan foydalanishga chaqirgan.

Rim-katolik cherkovi ruhoniysi Yeji Matsulevich esa, aholi gavjum joylarda, ommaviy tadbirlarda, ibodatxonalarda ham karantin qoidalariga amal qilish muhimligi, antiseptik vositalardan muntazam foydalanish, ibodat jarayonida ijtimoiy masofani saqlash lozimligini ta’kidlagan.

Toshkent shahar Rus pravoslav cherkovi bosh ruhoniysi Sergey Statsenko inson karantin qoidalariga rioya qilish orqali nafaqat o‘zini, balki oilasi, yaqinlari salomatligi uchun mas’ul ekanini eslatgan hamda barchasi insonlarning o‘ziga bog‘liq ekanini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yil 4-sentabrdan boshlab diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba, yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga ruxsat berilgan.

O‘zbekistondagi barcha 2070 ta jome masjidi 2020-yil 17-avgust kuni bomdod namozidan boshlab o‘z faoliyatini qayta boshlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют