» » Time tomonidan e’lon qilingan 2020-yilning eng nufuzli odamlari ro‘yxatidan Donald Tramp, irqchilikka qarshi harakat yetakchilari hamda shifokorlar va olimlar o‘rin oldi

Time tomonidan e’lon qilingan 2020-yilning eng nufuzli odamlari ro‘yxatidan Donald Tramp, irqchilikka qarshi harakat yetakchilari hamda shifokorlar va olimlar o‘rin oldi


AQShning Time jurnali 2020-yilning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Qayd etilishicha, Time 100 reyting emas, ro‘yxatdagi ishtirokchilar ta’sir darajasiga ko‘ra tartiblanmagan. Jurnal ularni “Yetakchilar”, “Titanlar”, “Novatorlar”, “San’at namoyondalari” va “Belgilar” deb tasniflagan.

“Yetakchilar” qatoridan AQSh prezidenti Donald Tramp, uning 2020-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovdagi raqibi Jo Bayden, Germaniya kansleri Angela Merkel, Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rin olgan.

Mavzuga doir: Tramp, Putin va Gurbanguli Berdimuhamedov pandemiya sabab Shnobel mukofotiga loyiq ko‘rildi

Time ma’lumotlariga ko‘ra, jurnal 20 yildan beri har yili ushbu ro‘yxatni tuzib kelmoqda, ammo biror yil 2020-yil kabi bo‘lmagan. 2020-yilgi ro‘yxat olti oy oldin tasavvur qilinganidan farq qiladi. Masalan, ro‘yxat rekord sonli shifokorlar, hamshiralar va olimlarni o‘z ichiga oladi.

Shunday qilib, “Belgilar” toifasiga Nyu-Yorkdan bo‘lgan hamshira Emmi O’Sallivan kiritildi. U shaharda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha birinchi holat qayd etilgan kasalxonada ishlaydi. O’Sallivanning o‘zi infeksiyani yuqtirib olgan, u to‘rt kun davomida sun’iy nafas olish apparatiga ulangan va ikki hafta o‘tgach o‘z ishiga qaytgan.

AQShning Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti rahbari Entoni Fauchi “Yetakchilar” qatoriga kirdi. “Uning dalillarga asoslanganligi va ilm-fanga e’tibor qaratganligi uni ko‘pincha prezident Donald Trampga (COVID-19’ga qarshi kurash masalasida) qarshi qo‘ydi”, — deya tushuntiradi Time o‘z tanlovini.

Myunxenlik yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Kamilla Rote koronavirus ba’zan odamdan odamga belgilarsiz yuqishi mumkinligini aniqlagan va u “Novatorlar” toifasiga kiritilgan.

Jurnal ro‘yxatni tuzishda odatda “tiriklarga e’tibor qaratadi”, ammo 2020-yilda bu ro‘yxatda allaqachon vafot etganlar juda ko‘p. Masalan, o‘limida politsiyachilar ayblanayotgan bir necha kishi, jumladan, minneapolislik afroamerikalik Jorj Floyd.

Black Lives Matter harakatining asoschilari Alisia Garza, Opal Tometi va Patris Kallors “Belgilar” turkumiga kiritilgan. Ko‘pchilik Jorj Floyd o‘ldirilganidan keyin bu harakat haqida esladi yoki birinchi marta eshitdi.

Mavzuga doir: The New York Times “qora” so‘zini bosh harf bilan yozadigan bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют