» » Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan Matiz olib chiqildi. Haydovchi mashinadan tushib qolishga ulgurgan

Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan Matiz olib chiqildi. Haydovchi mashinadan tushib qolishga ulgurgan


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan Matiz olib chiqildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

22-sentabr kuni taxminan soat 14:30 larda Bo‘stonliq tumani Tovoqsoy qo‘rg‘onida yashovchi A.E. Matiz mashinasini haydab ketayotganida ehtiyotsizlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan. Matiz suvga tushib ketayotgan paytda u mashinadan tushib qolishga ulgurgan.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarga asosan, qutqaruv ishlariga Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining 6 nafar xizmatchisi jalb qilingan.

Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 1 ta maxsus, 1 ta yuk ko‘taruvchi avtokran yordamida avtomashina suvdan olib chiqilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 00:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют