» » OChL. “Paxtakor” guruh bosqichini g‘alaba bilan yakunladi

OChL. “Paxtakor” guruh bosqichini g‘alaba bilan yakunladi


Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 6-turida “Paxtakor” 23-sentabr, chorshanba kuni “Shahr Xodro”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi keskin kurashlar va epizodlarga boy bo‘ldi. Har ikki jamoada qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq darvozalar bo‘lim oxiriga qadar daxlsiz qoldi.

Uchrashuvning 65-daqiqasida Javohir Sidiqovning uzatmasidan keyin Jaloliddin Masharipov boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

“Al-Hilol” va “Shabob al-Ahli” jamoalari o‘rtasida o‘tishi kerak bo‘lgan guruhning ikkinchi uchrashuvi esa saudiyaliklar klubidagi koronavirus bilan bog‘liq holat sabab bekor qilindi.

Saudiyaliklarning guruhdagi barcha natijasi bekor qilindi. Shu tariqa “Paxtakor” 10 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni oldi va birinchi o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Jamoa 1/8 finalda 26-sentabr kuni Eronning “Istiqlol” klubi bilan o‘ynaydi.

OChL

6-tur bahsi

23-sentabr, chorshanba

Gol: 0:1 – 65 Masharipov.

“Shahr Xodro”: Matin Safaian, Ali Ne’mati, Farshad Faraji, Muhammad Qozi Najafabadi, Akbar Sodig‘i, Omid Mansuri, Hassan Jafari, Ali Taheran, Muhammadrizo Xalatbari (Hussayn Mehribon, 69), Muhammad Faramarzi (Alirizo Asadabadi, 78), Ruholloh Sayfuolloh (Amirhassan Ja’fari, 78).

“Paxtakor”: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran (Asadbek Sobirjonov, 77), Igor Sergeyev, Yegor Krimets (Sadriddin Abdullayev, 67), Dostonbek Hamdamov (Javohir Sidiqov, 46), Odil Hamrobekov (Vladimir Kozak, 46), Abror Ismoilov, Farruh Sayfiyev (Akrom Komilov, 46).

Ogohlantirishlar: Ali Taheran (30), Xalatbari (45), Ne’mati (45), Komilov (73), Jafari (76).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 01:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют