» » O‘zbekistonda 2020-yilda IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish evaziga 136 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ undirilgan

O‘zbekistonda 2020-yilda IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish evaziga 136 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ undirilgan


O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatda mobil qurilmalarning IMEi kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muhokamalarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 847-sonli qaroriga asosan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston hududida mobil qurilmalarning identifikatsiya kodlarini ro‘yxatga olish va qo‘llash, ushbu yo‘nalishda normativ-huquqiy bazani yaratish va takomillashtirish bo‘yicha vakolatli organ deb belgilangan.

“Shu asosda ‘O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi‘ davlat unitar korxonasi — tizim operatori jismoniy shaxslar tomonidan mobil qurilmalarning IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun shaxsning pasport ma’lumotlari uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy foydalanishini kamaytirish uchun mobil qurilmalarni uchinchi shaxslarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish orqali ro‘yxatdan o'tkazish holatlarining oldini olish maqsadida mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga qo‘shimcha tekshiruv algoritmini kiritdi. Ya’ni, qurilmaning IMEI kodini/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda jismoniy shaxslar tomonidan foydalaniladigan abonent raqami mahalliy mobil operatorlaridan ariza beruvchi nomiga rasmiylashtirilganligi talab etiladi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, 2019 yilning 1-yanvaridan 15-sentabrigacha respublika hududiga 58,8 ming dona mobil qurilma importi amalga oshirilgan bo‘lsa, 2020-yilning shu davrida mobil qurilmalarning import hajmi 7,7 barobarga oshgan.

Bugungi kunda mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi orqali 47,14 milliondan ziyod IMEI kod ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Jumladan,

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning vazirlik tomonidan berilgan ma’lumotlarga asoslanib qilgan hisob-kitobiga ko‘ra, 2020-yilda IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish evaziga xalqdan kamida 136 milliard so‘mdan ko‘proq pul yig‘ib olingan. “Kamida deganimning sababi, raqamlar bundan ham katta bo‘lishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qilgan bloger.

Vazirlik taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, mobil qurilmalarni identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimi amaliyotga joriy etilgandan so‘ng 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 15-sentabrga qadar mobil qurilmalarning import hajmi 911 882 donani, ularning qiymati esa 47,3 million dollarni tashkil etdi.

Mobil qurilmalar, asosan, Xitoy, Vyetnam, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Gonkong va Qozog‘iston davlatlaridan import qilingan bo‘lib, import qiluvchilar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.

Avvalroq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi boshqa shaxslarning pasport ma’lumotlari bilan telefonlarning IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazayotganlarga nisbatan tergov-surishitiruv olib borilayotganini, Davlat bojxona qo‘mitasi IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi IMEI kodlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda ichki ishlar organlariga murojaat qilishga chaqirgandi.

Keyinroq Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu muammoli masala yuzasidan bir qator choralar amalga oshirilganini hamda IMEI kodlarini boshqa shaxslar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etilganini ma’lum qildi.

22-sentabr kuni mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi ma’muriyati tomonidan mobil qurilmalarni UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga o‘zgartirish kiritilgani ma’lum qilindi. Ushbu tartibga ko‘ra, qurilmaning IMEI kodini/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda jismoniy shaxslar tomonidan foydalaniladigan abonent raqami mahalliy mobil operatorlaridan ariza beruvchi nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. Biroq qator OAV va blogerlar mazkur o‘zgarish qonunga zid ravishda amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют