» » Rossiyalik shifokor COVID-19 bemorlari ahvolini yomonlashtiradigan kasalliklarni ma’lum qildi

Rossiyalik shifokor COVID-19 bemorlari ahvolini yomonlashtiradigan kasalliklarni ma’lum qildi


Gipertoniya, qandli diabet va semirish koronavirus infeksiyasi xavfini kuchaytiradi.“RBK”ning xabar berishicha, bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining terapiya va umumiy tibbiy amaliyot bo‘yicha shtatdan tashqari bosh mutaxassisi Oksana Drapkina ma’lum qildi.

“Biz koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning prognozini aniq yomonlashtiradigan uchta kasallikni bilamiz — arterial gipertenziya, qandli diabet va semirish”, — degan u va bunday kasalliklar qatoriga, shuningdek, o‘pka patologiyalari ham kirishini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Amerikaning Dyuk universiteti olimi koronavirus va denge bezgagi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlagan edi. Reuters, sentabr oyida professor Migel Nikollis tomonidan olib borilgan va hali e’lon qilinmagan tadqiqotiga tayanib, denge bezgagi bilan og‘rigan odamlarda muayyan darajada COVID-19’ga qarshi immunitet paydo bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandi.

Olim, xususan, koronavirus va denge bezgagi tarqalishini geografik prinsip bo‘yicha taqqoslagan. Taqqoslash natijasida 2019 va 2020-yilda denge bezgagi avj olgan hududlarda koronavirus infeksiyasi kamroq tarqalganini aniqlagan.

Avgust oyi oxirlarida Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazi koronavirusga qarshi vaksina qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar ro‘yxatini e’lon qilgan. Unda vaksinani og‘ir allergik reaksiyalarga ega, shuningdek, o‘tkir yuqumli va surunkali kasalliklar, O‘RVI va oshqozon-ichak kasalliklari bilan og‘rigan odamlarga qo‘llash mumkin emasligi qayd etilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют