» » Koronavirus hasharotlar orqali yuqmasligi ma’lum qilindi

Koronavirus hasharotlar orqali yuqmasligi ma’lum qilindi


Hasharotlar COVID-19 koronavirus infeksiyasini tashiy olmaydi, shu sabab kunlar isishi bilan vaziyat yomonlashadi, degan xavotirlar asossiz. Bu haqda DNK bo‘yicha mutaxassis va entomolog Konstantin Kitayevga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xitoylik olimlar tadqiqot o‘tkazib, chivin va qon so‘ruvchi hasharotlar koronavirusni tashiy olmasligini aniqlagan.

“Hasharotlar COVID-19’ni tashiy olmaydi. Shu sababli xavotirlanishga o‘rin yo‘q”, — deydi Kitayev.

Ushbu fikrga hasharotlar tabiati bo‘yicha mutaxassis, entomolog Yuliya Lovsova ham qo‘shilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ilmiy hamjamiyatda hasharotlar koronavirusni tashishi mumkinligi haqida aniq isbot yo‘q.

“Ular turli kasalliklarni tashiydi: bezgak, sariq bezgak, denge bezgagi. Ammo koronavirus chivinlar yordamida tashilishi haqida ma’lumot yo‘q”, — deydi Lovsova.

Mavzuga doir: 

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning havo orqali yuqish imkoniyatiga baho bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют